2 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qiliş davlat qömitasida mamlakatdagi oliy öquv yurti talabalari örtasida ötkazilgan “Barqaror rivojlaniş maqsadlarida eng yaxşi yoşlar taşabbusi” körik-tanlovining yakuniy natijalari hamda ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tanlov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Özbekistondagi Britaniya Kengaşi, Oliy va Örta-maxsus ta'lim vazirligi, Özbekistondagi Buyuk Britaniya elçixonasi hamda Özbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamkorligida taşkil etildi.

Tanlovga Özbekistondagi 22 ta öquv muassasasidan qariyb 450 nafar talaba tomonidan işlangan 150 ta loyihaviy iş taqdim etildi. Deyarli barça arizalar ingliz tilida yozilib, ular quyidagi oliy öquv yurti talabalaridan qabul qilindi: Buxoro davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Samarqand çet tillari instituti, Farğona politexnika universiteti, Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Singapur Menejmentni rivojlantiriş instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkentdagi Inxa universiteti va boşqa öquv muassasalari.

Talabalar öz loyihalarida bir qança dolzarb masalalar yeçimiga takliflar taqdim etişgan. Xususan, organik, plastik, qoğoz va şişa çiqindilarni alohida töplaş orqali çiqindilarni boşqariş, maxalliy barqaror iqlimga moslaşgan ösimliklarni ekiş orqali universitet hududini kökalamzorlaştiriş va h.k. Loyihalarning asosiy qismi barqaror rivojlaniş doirasida seminar, trening va konferensiyalar ötkaziş orqali talabalarda ekologiya muammolariga qiziqiş uyğotiş hamda xabardorligini oşirişga, suv resurslarini boşqariş va ulardan ikkilamçi foydalaniş masalalariga qaratilgan.

Şu bilan bir qatorda, iştirokçilar energiya tejamkorligi masalasini sinçiklab örganişdi va bir-biridan qiziq ğoyalarni örtaga taşlaşdi (energiya ist'yemoli uçun sensor nazoratni joriy qiliş), jumladan, universitetlarda “yaşil” arxitektura va dizayn yaratiş, atmosfera xavosini tozalaş, öquv jarayoniga elektron yeçimni, qişloq xöjaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, ijtimoiy tadbirlarni taşkil qiliş, energiya alternativ manbalaridan foydalaniş va samaradorligini oşiriş.

Tanlovga taqdim etilgan barça loyihalar hay'at a'zolari – ekologiya va barqaror rivojlaniş sohasidagi yetakçi mutaxassislar, mustaqil ekspertlar hamda britaniyalik hamkorlar tomonidan sinçiklab örganildi. Xay'at a'zolari xulosasiga köra, Özbekiston Milliy universiteti va Buxoro davlat universiteti talabalari “Barqaror rivojlaniş maqsadlarida eng yaxşi yoşlar taşabbusi” körik-tanlovi ğolibiga aylanişdi. Tanlov ğolibi bölgan guruh sardori – Özbekiston Milliy universitetidan Azizbek Ramazonov va Buxoro davlat universitetidan Baxşillo Abdurahmonov joriy yilda Buyuk Britaniyaga safar qiliş va u yerdagi oliy öquv yurtlari talabalari bilan barqaror rivojlaniş masalalari böyiça fikrlar almaşiş imkoniyatiga ega böldi.
Şuningdek, ğolib tanlov loyihasini amaliyotga tatbiq etiş uçun 7 mln. söm mukofotga ega böladi. Eng yaxşi loyihalarning 20 nafar muallifi rağbatlantiruvçi sovğalar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.


















