AQŞ prezidenti Donald Trampning fikriça, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda mutlaq hokimiyatni egallab olgan diktatordir. AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Gerbert Makmaster öqib bergan Tramp bayonotida şu fikrlar bor. 

"Uning (Maduro tuzumi) Milliy ta'sis majlisi uçun soxta saylovlar yöli bilan keçagi kundagi mutlaq hokimiyatni egallaş böyiça sönggi harakatlari bizning yarim şardagi demokratiya uçun jiddiy zarbadir. Maduro şunçaki yomon yetakçi emas, u diktator", — deya bayonotni öqib bergan Makmaster. 

Hujjatda, şuningdek, Venesuela hukumati mamlakat konstitutsiyasini hurmat qiliş, erkin saylovlar ötkaziş, siyosiy mahbuslarni ozod etiş, venesuelaliklarning gumanitar muammolarini hal etiş va qatağonlarga barham berişga çaqirilgan. 

Bundan taşqari, bayonotda ta'kidlanişiça, AQŞ ittifoqçilari bilan birga Venesuelada inson huquqlari poymol bölişi va zöravonliklarning avj olişida aybdorlarni javobgarlikka tortişga harakat qiladi.