Janubiy Koreya milliy razvedka xizmatining içki tergovi xizmatning mamlakatda 2012 yilgi prezidentlik saylovlari natijasiga ta'sir qilişga uringanini körsatdi. Bu haqda xizmatning amaldor şaxsiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, xizmatning psixologik uruş olib boriş böyiça bölimi xodimlari saylovlargaça ijtimoiy tarmoqlarda va yangiliklar portallarida muxolifatdan prezidentlikka nomzod Mun Çje In tanqid qilingan xabarlar va izohlar çop eta boşlaşgan va uning raqibi, öşanda yetakçi partiyani bildirgan Pak Kin Xeni qöllab-quvvatlaşgan.

Tergov guruhidagi yana bir manba bu operatsiyani bajariş haqidagi körsatmani öşa vaqtda razvedka rahbari bölgan  Von Se Xunning şaxsan özi berganini ma'lum qilgan. 

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, Janubiy Koreyada yangi prezident Mun Çje In kelgandan keyin maxsus xizmatlarning içki siyosatga aralaşişiga qarşi kuraşişga va ularni Şimoliy Koreya va taşqi siyosat bilan boğliq ma'lumotlarni qölga kiritiş va tahlil qilişga majbur qilişga va'da bergandi. Uning bundagi birinçi qadami xizmatning qonunga xilof harakatlarini tergov qiliş böyiça maxsus guruhni şakllantiriş böldi. 

Mun Çje In maydagi muddatdan avvalgi saylovlar natijalariga köra Janubiy Koreya prezidenti böldi. U 2012 yilgi saylovlarda Pak Kin Xega saylovçilarning 3,5 foiz ovozini yutqazgandi.