Apparat ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ixtisoslashgan Divergent Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.
AEVEX maʼlumotiga koʻra, Specter modulli korpus asosida qurilgan. Bu apparat konstruksiyasini toʻliq qayta ishlamasdan, vazifaga mos uskunalarni almashtirish imkonini beradi.
Foydali yukni oʻrnatish uchun asosiy qism sifatida almashtiriladigan burun seksiyasi xizmat qiladi. Platforma rivojlantirilishi davomida operatorlar apparatni turli vazifalarga moslashtira olishi koʻzda tutilgan.
Kompaniya ehtimoliy foydali yuk variantlari qatorida nishonni jismonan shikastlashga moʻljallangan kinetik zarba vositalari va radioelektron kurash uskunalarini keltirgan. Shuningdek, apparat razvedka va kuzatuv tizimlarini ham olib yurishi mumkin.
AEVEX hozircha Specterʼning maksimal tezligi, parvoz masofasi, oʻlchamlari va foydali yuk massasini ochiqlamagan. Seriyali ishlab chiqarishni boshlash muddati hamda apparatni olishi mumkin boʻlgan buyurtmachi yoki operatorlar nomi ham maʼlum qilinmagan.

















