2 avgust kuni "Çimkent-Toşkent" trassasi böylab harakatlangan töy korteji va unga vertolyot hamrohlik qilgani haqida xabar bergan edik. Ma'lum bölişiça, bu harakatlar Janubiy Qozoğiston viloyatidagi Ğarbiy Yevropa - Ğarbiy Xitoy trassasida kuzatilgan. Bu haqda neft işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi kompaniyalardan birida Aviatsiya bölimi boşliği Kuaniş Musayev xabar berdi. Uning aytişiça, lavhada namoyon bölgan vertolyot yarim soat muddati 275 ming tenge qiymatda ijaraga olingan. Musayev uning kompaniyasi bunday xizmat turlarini yaqinda boşlagani, qöşimça daromad topiş maqsadida yölga qöyilgani haqida gapirib berdi.

"Bizning aviatsion xizmatlarni taqdim qiliş uçun ruxsatnomamiz bor. E'lon böyiça bir kişi murojaat qilgan edi, belgilangan mablağni töladi. Körinişidan döstlari bilan yiğilişib uçmoqçi bölgan. Biz ularga toğlar, yaxşi joylarni körsatdik. Ular manzilga qaytiş çoği kortej ustidan uçib ötişni iltimos qilişdi”, - deydi Musayev.

"Atrofda çöl, keng yöl, maşinalar soatiga 60 km tezlikda harakatlanmoqda. Vertolyot uçib ötib qöniş maydonçasiga yetib keldi, uning bortida esa kelin-kuyov va ularning törtta döstlari bor edi”, - deydi tadbir taşkilotçisi. 

Kuaniş bundan keyin ham kompaniyaning bu xizmati davom etişini bildirdi. Mahalliy politsiya esa tartib qoidalar buzilmaganlik holatini örganib çiqmoqda.