Ommaviy axborot vositasi – jamiyat közgusi, millatning yuzi. Uning zimmasida keng jamoatçilikni fikrlaşga çorlaş, tarbiyalaş, dunyoqaraşni boyitişdek mas'uliyat turadi. Biroq afsuski, sönggi yillarda respublika matbuot va ommaviy axborot vositalari monitoringi ba'zi tahririyatlarda bu mas'uliyat tobora susayib ketayotgani, ular faoliyatida qator kamçilik va qonunbuziliş holatlarining sodir etilişi muntazamlik kasb etayotganini körsatmoqda.

Qonunbuzilişlar yuzasidan tahririyatlar va muassislarga nisbatan Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan qöllanilayotgan ta'sir çoralaridan tegişli xulosa çiqarmaslik, ularga yaratib berilayotgan imkoniyat va erkinlikni suiste'mol qiliş oqibatida köplab taqdimnoma va körsatmalar qoğozda qolib ketişi, natijada tahririyatlar faoliyatidagi xato va kamçiliklar takror-takror sodir etilişi aniqlanmoqda.

Mazkur holatga jamoatçilik e'tiborini qaratiş, bir tahririyatda yöl qöyilgan qonunbuzarlikning boşqa tahririyatda sodir etilişini töxtatiş va kelgusida ularning oldini oliş maqsadida Özbekiston matbuot va axborot agentligining matbuot va ommaviy axborot vositalari faoliyatida aniqlangan salbiy holatlar haqida öz saytida maqolalar e'lon qilib, ularni keltirib çiqargan omillarni jiddiy tanqidiy tahlil etib, bartaraf etiş yuzasidan taklif va tavsiyalar, amaliy yöriq va körsatmalar berib borişga qaror qildi. Bu haqda Kun.uz’ga agentlik tomonidan ma'lum qilingan. Quyida ayrim naşrlar haqida agentlikning tanqidiy va tahliliy munosabati öz ifodasini topgan.

2017 yilning ötgan yetti oyi davomida Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalariga 100 dan ortiq, naşriyot va matbaa korxonalariga 70 ga yaqin ta'sir çoralari qöllanilgan. Biroq, ayrim turdagi qonunbuziliş holatlari borki, ta'kidlanganidek, ularga jamoatçilik e'tibori öz vaqtida qaratilmasa, “kasallik” boşqa naşrlarga ham yuqişi, “tadbirkorman-ku, jurnalist emasman, faoliyatimda kamçiliklarga yöl qöysam ham bölaveradi” qabilida iş tutiş holatlariga faqat qoğoz orqali çora qöllaş, ertangi kun yoşlarining, qolaversa, jamiyatning oğriğiga aylanişi mumkin.

Teleradio dasturlari, matbuot sahifalarida asosan Ğarb san'atkorlarining qöştirnoq içidagi işqiy hayotini muntazam yoritayotgan, ularda oilaviy qönimsizlik, juftlarning bir-biriga xiyonati, nikohsiz turmuş singari illatlarni oddiy hol sifatida tasvirlayotgan axborot vositalari afsuski yöq emas. Odamlarni şu kabi “sahnalar” bilan öziga jalb qilişga örganib qolgan tadbirkorlarga Agentlik tomonidan bir neça marotaba ogohlantiriş kiritilsa-da, ular öz faoliyatiga tanqidiy yondaşib, xulosa çiqariş, tahririyatlar işiga ma'naviy yetuk, ziyoli, har jihatdan ibratli, hayotiy va kasbiy tajribaga ega ijodkorlardan iborat mutaxassilarni jalb qiliş va şu orqali ma'naviyatni tarğib qilişni yölga qöyiş örniga salbiy holatlarni tarğib etişda davom etib kelmoqda. Bugungi aççiq bölsa-da, örnak vazifasini ötaşiga umid qilib qöl urgan mavzuimizda ana şular haqida söz yuritamiz.

Özining köp sonli öquvçilariga ega bölgan “Kelinçak”, “Humo” jurnallari, “Otdoxnem!” gazetasida xorij san'atkorlari hayotiga doir yangiliklar muntazam berib borilgan va ularda urğu köpxotinlik, köperlik, fuqarolik nikohi kabi salbiy illatlarga qaratilgan. Jumladan, “Humo” jurnalida öquvçida an'anaviy oilaga xos turmuş-tarziga nisbatan hurmatsizlik, befarqlik uyğotişi mumkin bölgan “Jizel Bundxen jdet tretego rebenka?”, “Besprosvetnyy tuman i ozareniye”, “Irina Ponarovskaya – ledi Soverşenstvo”, “Koroleva Gollivuda. Dva litsa Elizabet Teylor” kabi materiallar çop etilgan.

“Otdoxnem!” gazetasida “Nadya Ruçka: “Çem silneye çelovek, tem silneye yego slabosti” sarlavhali materialda qöşiqçi Nadejda Ruçkaning nikohsiz işqiy munosabatlari yoritilgan: “Da ya nikogda ne stremilas k braku. Mne dajye kazalos, çto eto tyurma, gde tebya posadyat na tsep i zastavyat varit borşç”, hamda “Ben Efflek: Ya vsegda byl legkoy dobyçey dlya ostryakov” sarlavhali materialda aktyor Ben Efflek oilali böla turib işqiy aloqada bölgani “Kogda Djyennifer Garner podala na razvod, nikto ne somnevalsya, çto nazad puti net  - ved Ben Efflek zakrutil intrijku s nyaney sobstvennyx detey, da yeşçe çut li ne v ix prisutstvii...” deya, oçiq namoyon qilinadi.

“Siyenna Miller: Tyajyelo byt odinokoy mamoy, no ya sçastliva”, “Emma Stoun: V nagradu ya poluçila unikalnuyu stoykost i zapas jiznennyx sil”, “Milla Yovoviç: Dom i materinstvo – moi glavnyye radosti teper” sarlavhali materiallarda ğarblik maşhur san'at namoyandalarining şaxsiy hayotiga doir, yoşlarni yöldan ozdiradigan jihatlar badiiy böyoqdorlik bilan yoritilgan. “Neudaçnoye svidaniye” materialida esa pul uçun tanani sotişdek tubanlik ijobiy fazilat deya bayon etiladi.

Bu kabi materiallar jamiyatimiz an'analarini yemirişi, oila atalmiş muqaddas qadriyatga putur yetkazişi, barqaror ma'naviy muhitga salbiy ta'sir körsatişi, bir söz bilan aytganda, “ommaviy madaniyat” niqobidagi qora kuçlarning tegirmoniga suv quyayotganini nahot tahririyatdagi mas'ul xodimlar, muharrirlar tuşunib yetmasa?!

Qolaversa, naşrda e'lon qilinayotgan boşqotirmalarda ham muntazam ravişda alkogol va tamaki mahsulotlaridan savol sifatida foydalaniş holatlari kuzatilgan. Jumladan, skanvordlarda “Razbavitel spirta”, “Pivo po domaşnemu”, “Mernaya doza spirtnogo na dorojku”, “Maxorka”, “Palmovaya vodka”, “Sort vyderjannogo krepkogo alkogolya ”, “Tabak po-prostomu”, “Vodka v Akapulko”, “Krasnoye vino” kabi savollar berilgan.

“Kelinçak” jurnalida “Yigit iztirobi” sarlavhali qissa e'lon qilingan bölib, unda talaba yigit va qizning özaro nikohsiz hayot keçirişi, behayo sahnalar, ommaviy madaniyat va yevropaça turmuş tarzini tarğib qiluvçi lavhalar mavjud. Qissadagi milliy qadriyat va urf-odatlarimizning qahramon tilidan qoloqlik, eskilik sarqiti sifatida tasvirlanişi öquvçida yevropaça dunyoqaraş va turmuş tarziga havas, aksinça, milliy qadriyatlarimizga nisbatan bepisandlik, loqaydlikni şakllantirişi mumkinligini e'tiborga oliş lozim.

Şuningdek, jurnalda “Biz bilgan va bilmagan Puşkin” sarlavhali material çop etilgan. Unda rus şoiri A.S.Puşkin va uning ayollarga nisbatan munosabati tasvirlanib, ayrim buzuqlik, xotinbozlik, nikohsiz turmuş va xiyonatni tarğib qiluvçi sahnalar tahrirsiz e'lon qilingan. Jumladan: “...Şoirning aksariyat sarguzaştlari ötkinçi edi. Ammo örtaga muhabbat aralaşsa bormi, şoir uçun ma'şuqasiga jisman erişişi şart bölar edi... Puşkin kutilmaganda jöş uradigan hissiyotlarini tabiati yengil ayollar bilan qondirişga ham örgangandi...

...Bu beva xonim Puşkinni öqişdan haydalişidan asrab qolgan direktorga qarindoş bölardi. Ular deyarli har keça yaşirinça birga bölişar va bu lazzat onlari öspiringagina emas, tul xotinga ham yoqib tuşardiki, u buning har keça takrorlanişini istardi”.

Jurnalning qiz-juvonlar auditoriyasiga möljallangani, yoş kelinlar uçun turli foydali tavsiya va maslahatlar, oilani mustahkamlaş, nikoh, er-xotin sadoqatining muqaddasligi, milliy, umuminsoniy ezgu qadriyatlarni tarğib qiliş örniga tiyiqsiz işqiy hayot, jazmanbozlik, töşak sahnalari bilan boğliq yengil-yelpi turmuş tarzining izçil çop etilişi yoşlar odob-axloqi, ijtimoiy dunyoqaraşiga salbiy ta'sir qilişi, şubhasiz.

Qonunbuzarlik holatlariga ana şunday bepisandlik bilan qarayotgan naşrlardan yana biri “Oltin asr” jurnalidir. Naşrning ta'sis hujjatlarida ixtisoslaşuvi ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, iqtisodiy, huquqiy ekani körsatilgan. Biroq, jurnalda berilgan köplab materiallarda “Oltin asr” huquqiy jurnali tarzida ma'lumotlar keltirilgan. Jurnalga huquqiy deya zör berişga urinişdan maqsad nima?

Uşbu “huquqiy” jurnal mualliflik huquqi me'yorlariga rioya qilmaslik, til qoidalarini qöpol ravişda buziş böyiça “rekordçi” naşrlardan biridir. Xususan, naşrning 1-sonida öndan ortiq material Özbekiston milliy axborot agentligidan köçirilganu asl manbasi körsatilmagan. Özbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qaror, farmonlari nomi va normalarini buzib körsatiş holatlari böyiça ham “yetakçi” bölgan bu naşr sahifalarida sanoqsiz imloviy va uslubiy xatolarga yöl qöyilgan.

Bundan taşqari, jurnalda sondan-songa maqolalar sarlavhasi takrorlangan. Jurnal respublika miqyosidagi naşr hisoblanadi. Ammo unda çop etilayotgan bir qator maqolalarda material qaysi tuman yoki viloyatga mansubligi qayd etilmagan, mahalla yoki maktab nomi körsatilgan xolos.

Jurnaldagi aksar maqolalarda me'yoridan ziyod xuşomad, madhu maqtovlar bayon etilgan, minnatdorliklar bildirilgan. Har bir sonida qariyb 10 dan ziyod maqolada qahramonlar nomidan “hojilik martabasiga ega böldim” deya özini özi maqtaşga e'tibor qaratilgan.

Bunday holatlarni respublika teleradiokanallari faoliyatida ham kuzatiş mumkin. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi “Denov-ATR”, Buxoro viloyatidagi “Ğijduvon-TV”, Jizzax viloyatidagi “Jizzax TV2” telekanallari, Andijon viloyatidagi “Diydor FM” radiokanali, “Taraqqiyot” telekanali faoliyatida Özbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida”gi Qonuni, “Jurnalistik faoliyatni himoya qiliş töğrisida”gi Qonuni 6-moddasi, “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi Qonuni 5-moddasi doimiy qöpol ravişda buzib kelinayotgani mazkur ommaviy axborot vositalari faoliyatini qayta körib çiqiş vaqti keldi, degan xulosani öyğotadi.

Nomlari keltirilgan tele va radiokanallar faoliyatida Özbekiston Respublikasining "Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonunining sönggi yillar davomida qayta-qayta qöpol ravişda buzib kelinişi, Agentlik tomonidan yuborilayotgan ogohlantirişlar, taqdimnomalar kor qilmasligi, yoşlarga raqsbop tarona-yu, köngiloçar filmlarni qöyib eşittiriş, böş vaqtini mazmunli ötkaziş niqobi ostida madaniyatsizlikni tarğib qiliş, şahvoniy tuyğularga erk beriş kabi holatlarga tomoşabin bölib qarab turib bölmaydi, albatta.

Afsuski, bunday holat nafaqat ommaviy axborot vositalari faoliyatida, balki naşriyotlar faoliyatida ham kuzatilayotgani açinarlidir.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalari, naşriyotlar muassislariga belgilangan tartibda çoralar qöllanildi. Biroq, bemaza qovunning uruği köp böladi, deganidek birini eplasang, ikkinçisi iş körsatib turadi. Şuning uçun biz öz iste'molçisi – obunaçisiga pulini olib sifatsiz “mahsulot” berayotgan bunday gazeta-jurnallar, naşriyotlarning asl başarasini oçib taşlab, xalq hukmiga havola qilib boraveramiz.

Zero, kuni keça respublikamiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston ijodkor ziyolilari bilan uçraşuvidagi ma'ruzasida ham, bugungi kunda yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qoçdi gazeta-jurnallar, tele-radio stansiyalar köpayib borayotgani keskin tanqid qilindi. Bundan har birimiz teşişli va zarur xulosalarni çiqarib olişimiz şart. Bugungi kunda yurtimiz, xalqimiz oldida ommaviy axborot vositalarining şa'ni va qadrini, jurnalist, ziyoli degan şarafli nomni oqlaş, unga munosib böliş har bir ijodkorning yuksak mas'uliyati va vijdon işi bölmoği lozim.