Ozarboyjonga taşrifimiz davomida zardöştiylarning qadimiy ibodatxonasida böldik. Kun juda issiq bölişiga qaramay, bu maskan heç kimni befarq qoldirmadi. Mangu olov ibodatxonasi hisoblangan Otaşgoh - Ozarboyjonning sayyohlar eng köp taşrif buyuradigan maskanlaridan biri. U deyarli butun dunyoga tanilgan.

 

Otaşgoh sözi "olovlar uyi" degan ma'noni anglatadi. Tarixiy-me'moriy yodgorlik Baku şahridan 30 kilometr masofada joylaşgan. Hudud özining ajoyib tabiiy hodisasi bilan ham maşhur bölgan - bu yerda yer ostidan tabiiy olov çiqqan.

 

Ibodatxona XVII-XVIII asrlarda hozirgi körinişga keltirilgan. Biroq, Otaşgoh tarixi undan-da avvalga borib taqaladi. Qadimda bu hududda olovga siğinuvçi zardöştiylarning muqaddas dargohi joylaşgan bölgan. Ular sönmas olovni ilohiy ahamiyatga ega hisoblab, bu yerga ibodat uçun taşrif buyurişgan.

 

Islom dini qabul qilinganidan söng zardöştiylar ibodatxonasi vayron qilingan. Zardöştiylarning aksariyati Hindistonga ketgan. Şunday bölsa-da, XV - XVII asrlarda savdo karvonlarida Buyuk ipak yöli böylab ötgan hindular bu yerda ibodat qilişni odat qilişgan. Bu haqida eşitgan boşqa hindular ham Otaşgohni ziyorat qilgani kelişgan. Şu tariqa hindu savdogarlari Otaşgohni qayta ta'mirlaşgan.

 

Ibodatxona dastlab 1713 yilda qurilgan bölib, keyinçalik bu yerda hujralar, karvon-saroylar paydo böla boşlagan. Otaşgohda 26 hujra mavjud bölib, ularda ibodatçilar yaşaşgan.

 

Hujralarga kiraverişda toşga öyib yozilgan yozuvlarga közingiz tuşadi. Ma'lum bölişiça, bugunga qadar 19 hindu va 1 fors yozuvi saqlanib qolgan. Hind tilidagi yozuvlarda bu inşootni kim barpo qilgani, uni kim moliyalaştirganiga oid ma'lumotlar aks etgan. Fors tilidagi yozuvlar esa Navröz bayramida zardöştiylar bir-birlarini qanday tabriklaganlari ifodalangan.

 

Bundan taşqari, Otaşgohda hududdan topilgan turli qadimiy buyumlar ham namoyiş qilingan.

 

XIX asr boşida Otaşgoh bizning davrga qadar saqlangan körinişda bölgan. Hovlining örtasida "mangu" olov hosil qiluvçi quduq joylaşgan.

 

XIX asr örtalarida bu yerdan tabiiy olov çiqmay qöygan. Ibodatçilar buni jazo sifatida qabul qilib, Otaşgohni tark eta boşlaşgan. Otaşgoh 1880 yilga qadar zardöştiylarning ibodat maskani vazifasini ötagan.

 

Ta'kidlaş joizki, Otaşgoh Ozarboyjon prezidenti farmoni bilan Davlat tarixiy-me'moriy yodgorligi deya e'lon qilingan.

 

Bugungi kunda Otaşgoh butun dunyo sayyohlarini öziga jalb qilib kelmoqda. Muzeyga yiliga 15-20 ming sayyoh taşrif buyuradi.

 

Ozarboyjonning köplab tarixiy obidalari kabi Otaşgohda ham qadimiy muhit nafasi ufurib turadi, ya'ni bu yerda öşa davrlarda olovga siğingan kişilarning siymosi aks ettirilgan, hujralarda zardöştiylarning mantralari quloqqa çalinadi, hovli örtasida esa olov yoqiğliq.

 

Bu yerda hatto sayyohlar uçun sotuvga qöyilgan milliy-hunarmandçilik buyumlari orasida ham Otaşgohning kiçik nusxalariga közingiz tuşadi.

Lola Rahmonboyeva