Özbekistonda bunyod etilayotgan ulkan qurilişlar qatorida Piskent tumani markazida ham yirik inşoat, jome masjidi qurilib, namozxonlar ixtiyoriga topşirildi. Bu haqda Özbekiston Musulmonlari idorasi veb-sayti xabar berdi.
2017 yilning 29 iyuli piskentliklar uçun unutilmas kun böldi. Masjidning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent viloyati boş imom-xatibi X.Turmatov, Piskent tuman xokimi A.Akramov, Piskent tuman boş imom-xatibi va Olmaliq şahar boş imom-xatibi X.Ortiqovlar sözga çiqib, namozxonlarni bu qutluğ dargoh, gözal koşona, e'tiqod maskani bilan qutladilar, sönggi yillarda mamlakatda din erkinligi sohasida, namozxonlarning ibodat qiliş şaroitlarini yaxşilaş böyiça olib borilayotgan işlar haqida alohida töxtalib ötdilar.

Masjid ahli yangi masjid binosida Toşkent viloyati boş imom – xatibi boşçiligida ilk bora peşin namozini öqidilar. “Piskent” jome masjidida ibodat qiluvçilar uçun barça zamonaviy şaroitlar yaratilgan. Namozxonlarning yaratilgan şaroitlar va körsatilgan e'tibor sabab qalblari xursandçilikka töldi.

Masjid kişini öziga ohangrobodek tortadi. Masjidga kirgan kişining undan çiqqisi kelmay qoladi. U birvarakayiga 2000 namozxonni siğdiriş imkoniyatiga ega. Loyihaga asosan öta mustahkam ta'mal toşi ustiga pişiq ğiştdan qurilgan. Tört mezanali, gumbazli, öta salobatli. Masjidni gumbazi öta çidamli metalldan Olmaliq metall zavodida yasalgan. Tomi eng zamonaviy metall qoplama bilan yopilgan. Şifti gipsokarton bilan qoplangan, isitiş uçun penoplast töşalgan. Eşik va derazalariga zamonaviy akfa romlari örnatilgan. Poldan isitiş moslamasi örnatilgan. Polga bir sidirğa 1200 kv.metr gilam poyandoz töşalgan.

Zina, hovli sahni va yölkalarga kafel va brusçatkalar yotqizilgan. Tahoratxona va mustahabxonalar eng zamonaviy uslubda jihozlangan. Möjazgina kutubxona taşkil etilgan. Masjid sahni obod, kökalamzorlaştirilgan. Manzarali daraxt va gullar ekilgan.












