Kun.uz’ga Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ötkazgan yiğilişdan yozib olingan audio kelib tuşdi. Ayollar ham qatnaşgan yiğilişda hokim ayrim fermerlarni haqoratlagan.
Yiğiliş tumanda kartoşka ekiş masalasida bölgan. Muzaffar Aripov fermerlarni röyxat asosida turğizib, ularga bosim ötkazgan.
“Ertaga yeringizni olib qöysam, keyin köraman. Men fermerlarga tuşunmayman-da, bitta aytgan topşiriqni qilib qöying. Oxiri majbur qiladi meni yerini olişimga. Keyin eşigimning tagida yotadi itga öxşab. Yalinadi”, degan hokim.
Şuningdek, u fermerlarga “hazillaşmaslikni, öynaşmaslikni, yeri narida tursin, jonini suğurib olişini” aytgan.
“Bir neçta ayollar ham bor edi. Hokim juda haddidan oşdi, çidab bölmas darajada haqoratladi. Endi şu firmadan kartoşka olmaganlarni prokuror bilan qörqitib, yerini olib qöyişga harakat qilyapti. Umuman işlab bölmay qoldi. Hozir buğdoy ekiş kerak, şungayam tösqinlik qilyapti”, dedi yiğilişda bölgan fermerlardan biri Kun.uz’ga.
Muzaffar Aripov yiğiliş davomida bir neça bor haqoratli sözlarni işlatgan. Fermerlar zalga telefonlari olib qöyilgan holda kiritilgani aytilmoqda.
Kun.uz manbasining aytişiça, uşbu yiğiliş şu yil 18-iyul kuni buğdoydan böşagan yerlarga ikkinçi ekin ekiş tadbirlari böyiça ötkazilgan.
Maʼlumot uçun, 41 yoşli Muzaffar Aripov 2024-yil aprelidan buyon Piskent tumaniga rahbarlik qilib kelmoqda. Bungaça u Toşkent viloyati hokimligi Taşkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

















