Yurgan – daryo, deydilar. Safarga çiqqaningizda turfa voqealarga, turli fe'l-atvordagi kişilarga duç kelasiz, birini körib fikr qilsangiz, birini körib şukr qilasiz.

Odatda Andijonga oilaviy borib kelardik. Bu safar bir özim yölga çiqdim. Kirakaşlik qiladigan odatim yöq. Lekin, yöl uzoq, çaqçaqlaşib ketar, degan maqsadda Qöyliqdan bitta yölovçini özimga hamroh qilib oldim. Yoşi öttiz-öttiz beş atrofidagi bu yigit samimiy va kirişimli çiqib qoldi. Tezda xuddi eski qadrdonlardek, gap gapga ulandi. Yigit ham oliy ma'lumotli ekan, şu bois, turli mavzularni örtaga taşlar va öşa mavzu böyiça mendan bafurja javob olişga harakat qilardi.

Suhbatimiz borib-borib oliy ta'limdagi özgarişlarga, joriy qilingan superkontrakt va uning afzalliklari masalasiga, “bunker”, taniş-bilişçilik singari illatlarga borib taqaldi. Bu boradagi fikrlaşimiz bir joydan çiqdi: oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilişdagi yangiliklar aynan şu illatlarga barham berişga qaratilgan. Hamrohim oynadan toğlarni kuzatarkan, bir dam jim qoldi. Aftidan nimalarnidir öylardi. Jimlikni uning özi buzdi. “Aka, boşimdan ötgan bir voqeani aytib bersam, gazetangizda çop etarmidingiz. Bu boşqalarga bir saboq bölarmidi, deymanda...”

– Universitet bakalavriaturasini ham, magistraturasini ham davlat granti böyiça tamomladim, – hikoyasini boşladi u. – Diplomni olişim bilanoq kollejga işga kirib, özim sevgan kasb bilan şuğullanişga bor kuçim bilan kirişib ketdim. Bu qarindoş-uruğ, qöni-qöşnilar havasini keltirdi töğrisi. Uyimizga abituriyentlar, ularning ota-onasi tez-tez kelişib, mendan oliygohga tayyorlaniş, hujjat topşiriş, test topşiriş jarayonlari haqida maslahat olişardi. Qölimdan kelgança ularga töğri yöl-yöriq körsatardim. Uç yil mazza qilib işladim, jamoa, öquvçilar orasida özimga yaraşa hurmatga ega böldim.

Şunday kunlarning birida qöşni qişloqqa tuşgan opam gap topib keldi. “Qaynonam jönatdi, singlisining qizi bu yil öqişga kirmoqçi ekan, yordam berar ekansan”. Xöp, dedim, kelsin, testga qanday samarali tayyorlanişni örgataman. “Örgatişing şartmas”, çört kesdi opam, “taniş-biliş topib kiritib qöyasan, bölmasa, qaynonam meni tinç qöymaydi”. Hazillaşyapsizmi opa, qanaqa taniş-biliş, unaqa narsalarni bilmayman... “. Bilmasang qidir, top! Baribir qaynonam öz kuçing bilan bitirganingga işonmaydi, tanişlari bor, deyapti”...

Bu gap-sözga e'tibor bermay, hatto unutib yuborgandim ham. Bir kuni köçada özim bilan öqigan kursdoşimni uçratib qoldim. Hol-axvol söraşgaç, kollejda dars berayotganimni bilib, açinganday böldi. Özining oşiği olçi ekanidan maqtana ketdi: “Diplomni olgaç ham universitetdagi öqituvçilar bilan aloqani saqlab qoldim, hozir abituriyentlarni öqişga kiritiş bilan maşğulman. Foydasi zör. Taniş-biliş bölsa ayting bemalol, sizga öxşagan yaqinlarga arzonlaştiramiz”. U xayrlaşar ekanmiz, telefonini berib, albatta, odam topişimni tayinladi. Nima balo, bular maslahatlaşib olişganmi, öyladim özimça, bittasi öqişga kiritib qöy desa, bittasi, öqişga kiritib qöyişni va'da qiladi.

Bir kuni opam yana keldi. Qovoği soliq, yiğlagan. Sababini sörasam, yana öşa eski gap. Opamning ahvolini körib, kursdoşim esimga tuşdi. Qani, aytib körayçi, mendan nima ketardi... Öşa yili opam aytgan qiz özi xohlagan fakultet talabasi böldi. Örtalaridagi oldi-berdiga aralaşmadim. Ammo hammasi şundan keyin boşlandi. Universitetda tanişlarim borligi haqidagi xabar qarindoş-uruğlarga tez tarqab ketdi. Kelasi yili uyimizga keluvçi qarindoşlarning qarindoşlari kabi tanişu notanişlar köpayib ketdi. Yöq, deyişga qöyişmaydi. Kursdoşimga röpara qilaman hammasini. Hamma xursand, hamma rozi.

Bir kuni kursdoşim telefon qilib, uçraşişimiz kerakligini aytib qoldi. Körişdik. U qölimga ançagina pul tutqazdi. “Bular sizning uluşingiz, axir sizning kömagingiz bilan foyda köryapti ikki tomon ham...”. Öşanda kaftimni qizdirgan dollarlar keyinçalik yuragimni kuydirişini bilmagan ekanman. Ammo, öşa yili reja iş bermadi. Pul berganlarning birortasi talaba bölolmadi.

Avvaliga kursdoşimning, bu yil bölmasa, kelasi yil, albatta, böladi, degan gaplariga işonib yurgan “qarindoşlarim” bora-bora tönlarini teskari kiyib olişdi. Endi uyimga döq urib kela boşlaşdi. “Pullarimizni qaytarib ber tovlamaçi, bölmasa ustingdan yozib qamatvoramiz...”.

Boşimni çangallab qoldim, axir, ularning heç birini majburlaganim yöq ediku, özlari holi-jonimga qöyişmagandi. Kursdoşimga uçraşga majbur böldim. U ham hamma pulni kerakli odamga berib qöyganini, qaytib ololmayotganini aytib, suvdan quruq çiqa boşladi. Men ham böş kelmadim, qistovga oldim. Tortişuv bir yilga çözildi. Zörğa pullarning yarmini berdi, böldi, boşqa berolmayman, qöllaridan kelsa, otib taşlaşsin... Kursdoşimga kuçi yetmagan odamlar esa meni mahkam uşlab olişdi...

Mana, ikki yildan beri qarz uzaman. Bu oilam byudjyetiga juda katta yöqotiş bölyapti. Orada dollar kursi ham osmonga çiqib ketdi. Haqdorlarning bu bilan işlari yöq. Boşqa joydan ham iş topdim. Ikkita plastigimni ikki kişiga berib qöyganman. Naçora, könglim böşligi boşimga balo böldi. Hozir qarzlarimning töqson foizini uzib böldim, yana ozgina sabr qilsam, hammasini qaytaraman. Va öşa “qarindoşlar”ni ham hayotimdan butkul öçiraman...

Korrupsiyaning katta-kiçigi bölmaydi, har qanday körinişi jamiyatga katta zarar yetkazadi. Ammo, köp hollarda, korrupsiyaning avj olişiga odamlarning özlari ham sababçi bölib qolişadi. Işim bitsa böldi, qabilida fikrlaş, öz manfaati yölida qonunga zid işlarga qöl urişdan tap tortmasliklari bilan kimnidir hato qilişga undaşadi, korrupsiya botqoğiga tortişadi. Eng yomoni, döppi tor kelib qolganda, bundaylar suvdan quruq çiqişga, özini jabrdiyda qilib körsatişga urinişadi. Qonunçiligimizda pora olgan ham, uni bergan yoki şunga undagan şaxs ham birdek javobgar bölişini hisobga olsak, yuqoridagi voqeada aslida kim köproq aybdor ekanligi aniqlanadi. Ammo bu kabi voqealardan hamyurtlarimiz özlariga kerakli xulosa çiqarib olişmayapti hamon...

Usmonjon YÖLDOŞeV