Qumqörğonda farroşlikka işga qabul qiliş uçun pora olgan maktab direktori jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 40 yoşli S.K. (ayol) Qumqörğon tumanidagi 83-sonli maktab direktori lavozimida işlab kelgan. U iş sörab kelgan L.T.dan maktabga 0,5 ştat birligida farroş sifatida işga qabul qiliş evaziga 1 500 dollar talab qilgan.
Şuningdek, Qumqörğon tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mansabdor şaxslar orqali yana 0,25 ştat birligi oçib, qöşib berişi mumkinligini, buning uçun bölim mansabdor şaxslariga 400-500 dollar pora berişi lozimligini aytgan.
Şu tariqa, direktor L.T.dan 0.75 ştat birligida farroşlikka işga qabul qiliş uçun 2 ming dollar söragan. Kelişilgan pulni 1 900 dollar va 1,2 mln söm körinişida olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.
S.K. sudda aybiga iqror bölgan hamda qilmişiga puşaymonlik bildirib, suddan yengillik söragan.
Sudda jabrlanuvçi L.T.ning ham körsatmasi tinglangan.
“Direktorga işga kirişim kerakligini, lekin diplomim yöqligini bildirdim. S.K. işga olişini, lekin işga oliş özidan özi bölmasligini, jekpoti borligini aytdi. Farroş sifatida işga oliş uçun 2 000 dollar atrofida pul ketişini maʼlum qildi”, degan L.T. öz körsatmasida.
Maktab direktorining aybi guvohlar körsatmasi hamda boşqa dalillar bilan öz tasdiğini topgan.
JIB Qumqörğon tuman sudining 2026-yil 11-sentabrdagi hukmi bilan S.K. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismi hamda 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 1,5 yil muddatga davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
S.K.ga kafe, bar, restoranlarga bormaslik hamda boşqa ommaviy tadbirlarda iştirok etmaslik, ruxsatsiz Surxondaryo viloyati hududidan çiqmaslik majburiyatlari yuklatilgan.
Avvalroq pora sifatida monoblok olgan Jomboy tuman ekologiya bölimi boşliği 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

















