Xalqaro press klubning Samarqandda ötayotgan sayyor anjumanining mavzusi «Samarqand: Harakatlar strategiyasi — amaliyot, ijro, hayot» böldi.
Viloyat rahbarlari, mutasaddilar, işbilarmonlar, fermerlar va yoşlar iştirokida ötgan anjumanda viloyat hokimi v.b. Turobjon Jörayev press klub moderatorining Urgut tumanida yaratilayotgan erkin iqtisodiy zona haqidagi savollariga javob berdi.
Viloyat hokimining sözlariga köra, erkin iqtisodiy zonaning Urgut-1, Urgut-2, Urgut-3 uç qismli loyihasi jami 181 loyihani qamrab olgan va ayni paytda ularning 57 tasi işga tuşirilgan.
Uşbu loyiha uçun qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan 881 ga yer ajratilmoqda. Ayni paytda bu yerda infrastrukturani yaratiş böyiça ham işlar olib borilmoqda. Şu paytgaça 180 dan ortiq tadbirkor, jumladan, xorijiy investorlar uşbu zonada öz loyihalarini amalga oşiriş istagini bildirişgan. Jumladan, xitoylik tadbirkorlar 1,2 mlrd. dollarlik loyihani amalga oşirişni maqsad qilişgan. Loyiha asosan farmatsevtika yönalişida amalga oşirilişi nazarda tutilgan esa-da, 300 mln. dollarlik texnopark bunyod etilayotganini viloyat hokimi alohida qayd etib ötdi. Texnoparkda tayyor mahsulot işlab çiqaradigan 5 taça zavod böladi, uşbu zavodlar uçun mutaxassislar tayyorlab beruvçi öquv muassasasi quriladi.
Urgut erkin iqtisodiy zonasi loyihalarini amalga oşiriş uçun Urgut tumanida 390, Past Darğom tumanida 86, Nurobod tumanida 360 gektar yer ajratilmoqda, dedi EIZ barpo etilişi uçun mas'ul mutasaddi. Uning sözlariga köra, 2017–18 yillarda EIZda barpo etiladigan yangi korxonalarda 5 mingdan ortiq mahalliy aholi vakillari doimiy iş bilan ta'minlanadi.












