Ispaniya futboli tarixi va statistikasi tadqiqot markazi (CIHEFE) mamlakat çempionatining 86 mavsumi böyiça futbolçilarning samarali öyiniga qarab eng yaxşilarni aniqladi. 

Marca naşri bergan xabarga köra, uşbu tadqiqotlarda futbolçining maydonda ötkazgan vaqti, futbolçining öyindan va penaltidan kiritgan gollari, avtogol va qizil kartoçkalari qöşilib hisob-kitob qilingan.

Unga köra, «Barselona» hujumçisi Lionel Messi bu borada tengsiz deb topildi. Ikkinçi örinda «Real» hujumçisi Raul joy olgan bölsa, kuçli uçlikni yana bir «Barsa»çi (sobiq) Sesar Rodriges band etgan.

Top-10:

1. Lionel Messi («Barselona») – 545 ball
2. Raul, («Real») – 528
3. Sesar Rodriges («Barselona») – 524
4. Telmo Sarra («Atletik») – 493
5. Kini, («Sporting Xixon», «Barselona») – 488
6. Xuan Arse («Sevilya») – 481
7. Alfredo Di Stefano («Valensiya», «Real») – 481
8. Fransisko Xento, («Rasing», «Real») – 467
9. Santilyana («Real») – 464
10. Gilermo Gorostisa («Atletik», «Valensiya») – 454.

«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu 415 ball töplab reytingda bor-yöği 17 poğonada e'tirof etilgan.