6 avgust ertalab niqobda bölgan 5 kişi Nigeriyaning janubi-ğarbidagi Osubulu şahrida joylaşgan katolik çerkovga bostirib kirib, ibodatga yiğilganlarga öq uzgan.

AFP axborot agentligi ma'lumotlariga köra, buning oqibatida 12 kişi halok bölgan, yana bir neça kişi yaralangan. 

"Ayni vaqtda 12 kişining ölimi tasdiqlangan, yana bir neça kişiga tibbiy yordam körsatilmoqda", deb aytgan yaradorlar yetkazilgan şifoxona xodimi.

Biroq politsiyada bosqinçilar köpçilik bölgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanmagan va bosqinçi bir kişi bölgani aytilgan.