AQŞ qöşinlari Nigeriya harbiylari kömagida Afrikada yaşirinib yurgan «Islom davlati» (IŞID) yetakçisini yöq qildi, dedi prezident Donald Tramp.
Uning sözlariga köra, gap «dunyodagi eng faol terrorçi» bölgan IŞID guruhining ikkinçi muhim rahbari Abu Bilol al-Minukiy (Abu Maynuk) haqida ketmoqda. «U endi Afrika xalqlarini qörqitmaydi va amerikaliklarga qarşi operatsiyalarni rejalaştirişda yordam bermaydi. Uning yöq qilinişi bilan IŞID global faoliyati sezilarli darajada zaiflaşdi», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida va Nigeriya hukumatiga harbiy operatsiyani ötkazişda körsatgan yordami uçun minnatdorçilik bildirdi.
Trampning aytişiça, dekabr oyida AQŞ qöşinlari mamlakat hukumati bilan xavfsizlik va razvedka sohasidagi hamkorlik doirasida Nigeriyadagi IŞID nişonlariga «kuçli va halokatli» zarba bergan edi. Şundan söng, 2026 yil fevral oyida Tramp Nigeriya kuçlariga terrorçilarga qarşi kuraşda yordam beradigan harbiy xizmatçilarning «kiçik guruhini» Nigeriyaga yubordi. Nigeriya prezidenti Bola Ahmad Tinubu öz navbatida al-Minukiy Çad köli havzasidagi terrorçi majmuasiga berilgan zarba paytida bir neça safdoşlari bilan birga yöq qilinganini tasdiqladi.
Nigeriya qömondonligi xabariga köra, operatsiya mamlakat şimoli-şarqidagi Borno ştatida ötkazilgan. Uşbu mintaqada «Boko Harom» terrorçilik guruhi va undan ajralib çiqqan «Ğarbiy Afrika Islom Davlati» (ISWAP) guruhi boşçiligidagi isyonçilar harakati 17 yildan beri davom etmoqda, oqibatda minglab odamlar halok böldi va 2 million kişi öz uyini tark etdi, deb yozadi Reuters.
Nigeriya fuqarosi Al-Minukiyning özi 2023 yilda sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan «öta xavfli xalqaro terrorçilar» röyxatiga kiritilgan edi.









