
Andijon olimpiya zaxiralari kollejida zamonaviy suv havzasi işga tuşdi. Mazkur inşootda suvda suziş sport bilan şuğullanuvçilar hamda turli musobaqalar ötkaziş uçun barça şaroitlar mavjud.
Oçiq suv havzasining ölçami 50x25 bölib, jahon standarti talablariga mosdir. Sport maskanida hozirda 120 nafardan ziyod öquvçilar hamda suzişga qiziqqan havaskorlar şuğullanmoqda.
Inşootning işga tuşişi munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda viloyat jismoniy tarbiya va sport işlari boşqarmasi boşliği Ozodbek Saidov söz olib, yoş sportçilarni arenaning oçilişi bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Şundan söng olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvçilari va suziş sport turi bilan şuğullanayotgan öquvçilar körgazmali çiqişlar namoyiş etdi.
Suziş sporti böyiça Andijon maktabi respublikada yetakçi örinlarda turadi. Ötgan 2016 yili Braziliyada ötkazilgan paraolimpiya musobaqalarida viloyatda kamol topgan Firdavs Musabekov, Muzaffar Tursunxöjayev, Muslima Odilova singari yoş sportçilar oltin va kumuş medallarni qölga kiritgan.



Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon











