Şimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengaşi mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar kirituvçi rezolyutsiyani tasdiqlaganidan söng, armiya qöllangan holda çoralar körişga va'da berdi. Bu haqda Osiyo-Tinç okeani mintaqadagi Koreya tinçlik qömitasidan ma'lum qilişgan.

«Biz yaqinda qabul qilingan «sanksiyalar töğrisidagi rezolyutsiyani» butunlay va qat'iy rad etamiz. Ular AQŞdagi gangster imperialistlar tomonidan özlarining közi kör tarafdorlari bilan til biriktiriş orqali tayyorlangan bölib, Şimoliy Koreya davlatiga qarşi terrorizm aktidir», - deya xabar matnini keltiradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Ta'kidlanişiça, «KXDR suvereniteti va huquqlarini buzuvçi bunday gangsterlik aktidan söng, armiya hamda xalq tomonidan davlatni himoya qiliş uçun adolatli çoralar köriladi».

Şimoliy Koreya strategik qadamlar, jumladan «jismoniy harakatlarni» qöllaşga va'da berdi.

Avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov KXDR böyiça bayonot bilan çiqqandi.