2017 yil 8 avgust kuni Toşkent şahar hokimligida Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi tomonidan OAV vakillari uçun matbuot anjumani taşkil etildi. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, anjumanda Obodonlaştiriş boş boşqarmasi vakillari sohada amalga oşirilayotgan işlar va belgilangan vazifalar yuzasidan ma'lumotlar berdi. 

Şuningdek, tadbir davomida poytaxt köçalari örtasiga örnatilgan ajratuvçi tösiqlar olib taşlanişi ma'lum qilindi. Obodonlaştiriş boş boşqarmasi rahbari örinbosarining sözlariga köra, yöl örtasidagi tösiqlar maşina va piyodalar harakatiga xalaqit beradi. Avtomobil haydovçisiga tösiqlar göyoki, davomi yöq devordek tuyuladi. 

Ma'lum bölişiça, aynan şu masalada virtual qabulxonaga köplab ariza va takliflar kelib tuşgan. 

"Fuqarolarning talablarini inobatga olgan holda, biz tösiqlarni demontaj qilişda davom etamiz. Bu işlar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi hisobidan amalga oşiriladi", - dedi boşqarma rahbari örinbosari. 

Ma'lumot örnida: ayni paytda yöl ajratuvçilar Mustaqillik şohköçasi hamda Navoiy köçasidan olib taşlangan. Demontaj qilinuvçi tösiqlar tegişli taşkilotlarga yetkaziladi.