Sergeli tumanida ötkazilayotgan “Tozalaş” tadbiri davomida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan ilgari narkotik modda iste'mol qilib va saqlab sudlangan şaxs eski işlarini yana davom ettirayotganida qölga olindi.
Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumanida 7 avgust kuni soat 17:30 da, 1953 yilda tuğilgan 2015 yilda Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2–qismi bilan sudlangan, Sergeli tumanida yaşovçi T.A.ning uyi közdan keçirilganida, temir şkafi içida bölgan “Impra” nomli çoy qutisida 7,65 gr. “marixuana” giyohvand moddasi aniqlanib, rasmiylaştirib olingan.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro T.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi közğatildi.











