SAVOL: Assalomu alaykum. Prezidentimiz qarorlari asoida berilayotgan imtiyozli kreditlarni oilada ikki kişi ikki yönalişda olsak böladimi? Masalan, çorva uçun kredit olganmiz, issiqxona barpo etmoqçimiz. Uning uçun alohida kredit olsak böladimi? Buning qonuniy imkoniyati bormi? Oldindan rahmat.

Umar Xolpölatoviç Şaydullayev

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini, şu jumladan, kasb-hunar kolleji bitiruvçilarini qöllab-quvvatlaş hamda qarz oluvçining garov ta'minotini rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlarni kamaytiriş maqsadida, kam miqdordagi kreditlar uçun ta'minot sifatida jismoniy şaxslarning kafilligini qabul qiliş amaliyoti keng qöllanilmoqda.

Özbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi Qonunining 1-moddasida banklar — yuridik va jismoniy şaxslardan omonatlar qabul qiliş hamda qabul qilingan mablağlardan tavakkal qilib kreditlaş yoki investitsiyalaş faoliyatini amalga oşiradigan tijorat taşkiloti ekanligi hamda uşbu Qonunning 20-moddasida banklar bank operatsiyalarini amalga oşirişga doir qarorlar qabul qilişda mustaqil ekanliklari, 31-moddasida banklar va ularning mijozlari örtasidagi munosabatlar şartnomalar asosida amalga oşirilişi belgilangan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar haqida»gi PF-4848-sonli Farmonining 5-bandiga muvofiq, bank faoliyatini tartibga solişning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etiş, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinçi navbatda, kredit siyosatiga ma'muriy aralaşuvlarining oldini oliş va ularga yöl qöymaslik belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, xatingizda qayd etilgan maqsadga kredit mablağlari oliş uçun özingiz uçun qulay bölgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilişingiz mumkinligini bildiramiz.

Savolga Özbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik boşqarmasi boş yuriskonsulti S.Otaxonov javob berdi

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.