Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida kambağallikni qisqartiriş yuzasidan yiğiliş bölib ötmoqda.

Iqtisodiy kompleksning barça rahbarlari prezident topşiriği asosida Xorazmda qolib, kambağallik bilan işlaş tizimini özgartiriş böyiça tahlil ötkazdi.

Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambağal aholi, yaʼni 19 ming oilaning holati örganildi. Uşbu oilalarda 12 ming işsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.

Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar quriliş sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming işçi izlamoqda.

Masʼullarga işsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga öqitib, iş bilan taʼminlaş imkoniyatlarini işga soliş vazifasi qöyildi.

Mavjud böş iş örinlari va kasbga tayyorlaş imkoniyatlaridan foydalaniş orqali kambağal oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oşiriş mumkinligi qayd etildi.

Xorazmda örganilgan kambağal oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq masʼullarda uşbu yoşlar bilan alohida şuğullaniş va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etiş böyiça maxsus dastur mavjud emas.

Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan öquv markazi faoliyat yurityapti. Yoşlar yetakçilari, hokim yordamçilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va öquv markazlarida kambağal oilalar farzandlari uçun qöşimça tögaraklar taşkil etiş vazifasi belgilandi.

Xorazmda kambağal oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarişi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining boğça qamrovi 75 foizga ham yetmasligi körsatib ötildi.

646 nafar kollej öquvçisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib çiqib, dual taʼlim asosida kasbiy könikmalarini oşiriş imkoniyati bor.

Şuningdek, kambağal oilalardagi pensiya yoşidagi va nogironligi bölgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuçaytiriş orqali parvariş bilan band oila aʼzolariga daromadli mehnat bilan şuğullaniş uçun imkoniyat yaratiş mumkinligi taʼkidlandi.