Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida kambağallikni qisqartiriş yuzasidan yiğiliş bölib ötmoqda.
Yiğilişda kredit, subsidiya va kompensatsiya şartlarini farmon va qarorlar bilan belgilaş amaliyotidan voz keçilişi maʼlum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib çiqib, moliyalaştiriş mexanizmlarini har çorakda yangilab boradi.
Tuman ştablari mahallalardagi hokim yordamçilarini “loyihabay” işlaş tizimiga ötkazadi.
Buning uçun 8992 ta mahalladagi hokim yordamçilari vazifa bajaruvçi etib tayinlanadi, fidoyi va taşabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, işiga noloyiqlar yangilanadi.
Mutasaddilarga ikki oyda öquv markazi taşkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qiliş vazifasi qöyildi. Uşbu markazda hokim yordamçilari “loyihabay” işlaşga öqitiladi.
Viloyat ştablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxşi ikki nafar hokim yordamçisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oşirişga yuboradi.
Eng namunali hokim yordamçilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgaça ustama tölanadi.
Mahalla bankirlarini ham şu tartibda öqitiş va ularning xorijiy stajirovkasini taşkil etiş topşirildi.
Boş prokuraturaga bankirlar va hokim yordamçilarining mustaqil qaror qabul qilişiga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etişga kömaklaşiş vazifasi belgilandi.

Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritiş tizimi ham qayta körib çiqiladi.
Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani işlarning çözilişiga sabab bölayotgani qayd etildi.
Tumanni loyihalarning buyurtmaçisiga aylantiriş va mablağlarni bevosita joylarga yönaltiriş işlarni tezlaştirişi taʼkidlandi. Oğir mahallalarda iş örni yaratişga qaratilgan mahalliy mablağlarga respublikadan 2-3 karra köp resurs qöşib beriş taklif qilindi.













