Yiğilişda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
Ötgan davrda Şarof Raşidov va Qarşi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard sömdan kredit resursi berilgan.
Şarof Raşidov tumanida uşbu mablağ hisobidan 30 ming aholi kambağallikdan çiqarilgan bölib, bir kişiga örtaça 78 million söm töğri kelgan. Qarşi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning şaroiti yaxşilanib, bir kişiga örtaça 176 million söm sarflangan.
Qamaşi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard sömdan kredit berilgan. Qamaşida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambağal aholi bu toifadan çiqarilgan.
Ğuzor, Nişon, Muborak, Yangiqörğon, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beşariq, Farğona tumanlari hamda Nurafşon, Bekobod va Yangiyöl şaharlarida ham şunday holat kuzatilayotgani aytildi.

Piskentda har bir odamni kambağallikdan çiqarişga 250 million söm kredit töğri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boşqa hududda şunça pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy iş örni yaratilayotgani körsatib ötildi.
Şavkat Mirziyoyev ayrim hudud rahbarlari qölidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni işli qilişga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranişlar va tezkor özgarişlarni töğri anglamayotgani körsatib ötildi.
Hududlarda sönggi bir yilda taşkil qilingan 86 ming kiçik korxonadan 15 mingtasi, yaʼni 17 foizi faoliyatini töxtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarişga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamçisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondaşuv” asosida işlaşni bilişi körsatildi.
Özbekistonda ehtiyojmand aholi soni 1,5 milliongaça kamaydi - Prezident












