Amerikaning HBO telekanali öz tizimidagi kamçiliklarni körsatgan xakerlarga 250 ming dollar mukofot puli berişini e'lon qildi deb yozmoqda The Hollywood Reporter. Naşr kanalning boş menejyerlaridan birining nomidan yozilgan maktubni örganib çiqdi. Unda tarmoq muzokaralarga kirgani qayd etilgan. 

Avvalroq, Mr. Smith taxallusi bir guruh xakerlar HBO kabel televideniyesi tarmoqlarini buzib, evaziga 6 mln dollarga teng bitkoinlarda tölov talab qilişgani haqida xabarlar paydo bölgan edi. 

Xakerlarning ta'kidlaşlariça, ular HBO telekanaliga tegişli 1,5 terabayt ma'lumotni öğirlagan. Ular allaqaçon teleseriallarning ayrim lavhalarini namoyiş ham qilişgan. 

Maktubda aytilişiça, tarmoq «zaruriy hisob raqami oçib bitkoinlar xarid qilgaç» tölovni amalga oşiradi. 

«Biz yirik miqdorda bitkoin tölovlarini amalga oşiriş uçun kerakli infratuzilmalarni joriy qila olmadik, garçi buning uçun qadamlar taşlagan bölsak ham». 

Naşr uşbu maktubning haqiqiyligini tasdiqlay olmagan.