Microsoft oxirgi oylarda Rossiya va KXDRdagi davlat bilan aloqador guruhlarning farmatsevtika hamda koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqayotgan kompaniyalarga xakerlik hujumlarini amalga oşirganini qayd etdi. Bu haqda korporatsiya vitse-prezidenti Tom Bert ma'lum qildi.

U hujumlarda Rossiyadagi Strontium hamda KXDRdagi Zinc va Cerium guruhlarini aybladi. Strontium şuningdek, Fancy Bear nomi bilan ham tanilgan bölib, u 2016 yilda AQŞ demokratik partiyasi rahbariyatining serverlarini buzişda ayblangan.

 Bertning sözlariga köra, xakerlar nişoni Kanada, Fransiya, Hindiston, Janubiy Koreya va AQŞdagi yettita yirik kompaniya bölgan. Ularning aksariyati koronavirusga qarşi vaksinaning klinik sinovlarini ötkazmoqda, yana biri tadqiqot kompaniyasi bölib, bir kompaniya esa koronavirusni aniqlaydigan test işlab çiqqan. 

 Uşbu hujumlar Microsoft işlab çiqqan himoya tizimi tomonidan qaytarildi, deb yozdi Bert. Korporatsiya xakerlar nişoniga aylangan barça kompaniyalarni hujumlar haqida xabardor qilgan.

Sentabr oyida Microsoft Rossiya, Xitoy va Eron xakerlari AQŞdagi bölajak saylovlar bilan boğliq tizimlarga hujum qilişga uringanini ma'lum qilgandi.