Xalqaro Press-klubning “Sayyor Press-klub” loyihalari vodiy viloyatlarida davom etmoqda. 12 avgust kuni uning navbatdagi majlisi Andijon viloyatida bölib ötdi. Sessiyada Kun.uz muxbiri ham bevosita iştirok etib, savollar bilan murojaat qildi. 

Xususan, muxbir Andijondagi “Bözfarm” korxonasi faoliyati va “Bözsuv daryosi” MÇJ bilan boğliq ikki holat böyiça jurnalistik suriştiruv işlarini boşlaganini ma'lum qilar ekan, sessiya qatnaşçilarining e'tiborini quyidagi muammolarga qaratdi. 

Jumladan, “Bözfarm” korxonasi bilan boğliq işda IIB xodimlari tergov jarayonini asossiz ravişda çözib, işni sudga oşirişni ortga surib kelmoqda. Tergovçi Şavkat Hasanov işni sudga oşiriş örniga 400 mln söm ortiqça jarima tölaşni talab qilmoqda. Qiziği şundaki, buni prokuratura vakillari nazorat qilmayapti. 

“Bözsuv daryosi” MÇJ (direktori kollej bitiruvçisi) bilan boğliq holatda Majburiy ijro byurosi heç qanday dalolatnoma tuzmasdan, ogohlantirmasdan qarzi bölmasa ham elektr manbaidan uzib qöygan. 

Ta'kidlaş joizki, u masalalar böyiça savollar aniq va tuşunarli bölsa-da, viloyat IIB va prokuratura vakillari bu savollarni javobsiz qoldirişdi. 

Bundan taşqari, Qorasuv şahrini tumanga böysinuvçi şahar maqomidan viloyatga böysinuvçi şahar maqomiga ötkaziş masalasi hamda Andijon tumanida “Qobiljon mirişkor” fermer xöjaligining 13 gektar yer maydonidagi ğöza qurib borayotganiga qaramay, unga suv berilmayotganiga doir savollar berildi. 

Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov oxirgi ikki savolga javob berib, Qorasuv şahri maqomini özgartiriş böyiça taklif işlab çiqilayotgani, bu masala bir kunda hal etiladigan mavzu emasligi, unga çuqur yondaşgan holda e'tibor qaratiş kerakligini ta'kidladi. 

“Qobiljon mirişkor” fermer xöjaligi paxta dalasi suvsiz qolayotgani böyiça ham sessiyaning özida mas'ullarga körsatma berilib, masala şu kunning özida hal etilişi aytildi.