Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskvadagi transport obektlari va yirik savdo maydonlarida portlaşlar uyuştirişni rejalaştirgan terrorçilik guruhi a'zolarini qölga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Moskva mintaqasida kişilar gavjum böladigan joylarda teraktlar seriyasini amalga oşiriş niyatida bölgan terrorçilik guruhining faoliyatiga çek qöyildi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, portlaşlar xudkuş terrorçilar yordamida amalga oşirilişi lozim bölgan.
Aniqlik kiritilişiça, amaliyot davomida terrorçilik guruhi a'zolari, jumladan jinoyatga tayyorgarlik köriş böyiça kurator – IŞID emissari, portlovçi qurilmalarni tayyorlaş böyiça mutaxassis, şuningdek, ikki xudkuş terrorçi qölga olingan.
Avvalroq Moskva viloyatida teraktga tayyorgarlik körgan markaziy osiyolik ikki şaxs qölga olingani xabar berilgandi.












