AQŞ Respublikaçilar partiyasi vakillari prezident Donald Trampning Şarlotsvill şahridagi töqnaşuvlar yuzasidan bildirgan sözlarini tanqid qilişdi, deb yozmoqda Politico naşri.
«Barçamiz birdam bölişimiz va nafrat ortida turgan barça narsani qoralaşimiz lozim. Amerikada bunday zöravonlikka joy yöq», - deya yozgan Tramp hodisadan söng tvitterda.
Naşrning ta'kidlaşiça, u zöravonlikni namoyişning «köplab vakillari tomonidan» qoralagan, şu bilan birga, ultra önglarni alohida ajratmagan. Bu esa nafaqat demokratlar, balki respublikaçilarning ham tanqidiga sabab böldi.
«Janob prezident, biz yovuzlikni öz nomi bilan ataşimiz kerak. Bu oq irqçilar edi, hamda bu içki terrorizm holatiga aylandi», - deya ma'lum qilgan senator Kori Gardner öz tvitterida.
Senator Marko Rubio Şarlotsvilldagi hodisalarni «oq irqning ustunligi» tarafdorlari tomonidan amalga oşirilgan «terakt» deb atadi.
«Biz yovuzlikni öz nomi bilan ataşimiz kerak», - deya ta'kidlab ötdi Yuta ştatidan senator Orrin Xetç.
Naşrning ta'kidlaşiça, Tramp va respublikaçilar orasidagi ajraliş Oq uyning qator siyosiy masalalar böyiça işini murakkablaştirişi mumkin.
Avvalroq Şarlotsvill meri şahardagi tartibsizliklarda Trampni ayblagandi.
















