AQŞning Şarlotsvill şahri meri Mayk Zigner şaharda yaqinda yuz bergan tartibsizliklarda AQŞ prezidenti Donald Trampni aybladi. Zignerning aytişiça, Tramp özining saylovoldi kampaniyasi bilan odamlar örtasida radikal kayfiyatning ösişiga sababçi bölgan. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

“U ötkazgan kampaniyaga bir qarang, bir qator muvaffaqiyatsiz tugagan qoralaş, tanqid qiliş, indamaslikka urinişlarga bir qarang”, deb aytgan Zinger.

Avvalroq Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Gerbert Makmaster Şarlotsvilldagi tartibsizliklarni terakt deb hisoblaşini aytgandi.

12 avgustga ötar keçasi yuzlab millatçilar şahar rahbariyatining general Robert Li haykalini olib taşlaş rejasiga qarşi şahar köçalariga çiqqan. Bu general AQŞdagi fuqarolik uruşida janubliklar tomonda jang qilgan. Şu bilan birga millatçilar va ularga qarşilar örtasida töqnaşuvlar sodir bölgan.