Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligining 7.08.2017 yildagi «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, fuqaro muhofazasi va safarbarlik tayyorgarligi yönalişidagi ilmiy izlanişlar ustuvor yönalişlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasidagi muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yeçişga yönaltirilgan ilmiy-tadqiqot işlarini taşkillaştiriş közda tutilgan. Buning uçun aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik tayyorgarligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot işlarining ustuvor yönalişlari tasdiqlandi. Bundan taşqari, mazkur sohada tayanç doktorantura va doktorantura taşkil etiş haqida qaror qabul qilindi.
Ustuvor yönalişlar bajariladigan ilmiy-tadqiqot işlari natijalari FVV tizimida amaliyotga tatbiq etiladi.
Şuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot işlarini muvofiqlaştiruvçi Işçi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.











