
2017 yilning 16 avgust kuni Qirğiziston poytaxtida Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiya yiğilişi boşlandi.
Yiğiliş Qirğiziston boş vaziri Söronboy Jyenbekov hamda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovning raisligida ötmoqda. Yiğilişning boşlanişidan avval har ikki respublika hukumat rahbarlari qisqa tarkibda uçraşuv ötkazdi.

«Siz bilan uçraşib turganimdan juda xursandman. Ta'kidlab ötiş lozimki, 2017 yilning 4 iyul kuni «Toşkent – Tomçi» töğridan töğri aviareysi oçildi, u Özbekiston fuqarolariga Issiqköl kölida bemalol dam olişga imkoniyat beradi. Özbekiston Respublikasi bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş Qirğiziston Respublikasi taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sanaladi. Qirğiz-özbek hamkorligini rivojlantiriş va mustahkamlaşga yönaltirilgan ikki tomonlama munosabatlar faollaşganini ta'kidlab ötişdan xursandman. Ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning sönggi yiğilişi 2009 yilda ötkazilgandi. Hukumatlararo komissiya ikki tomonlama masalalarni muhokama qiliş uçun yaxşi maydonçadir», - deya qayd etgan Qirğiziston boş vaziri.

Şuningdek, bugun, 16 avgust kuni, ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiya yiğilişi yakunlangandan söng, Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi davlat çegarasini delimitatsiya hamda demarkatsiya qiliş böyiça Hukumatlararo komissiya yiğilişi ham ötkaziladi.
Avvalroq Aripov Almazbek Atamboyev bilan uçraşgani xabar berilgandi.











