
Özbekiston Qirğiziston bilan bundan keyin ham döstona munosabatlarni mustahkamlaş böyiça işlarni olib borişga tayyor. Bu haqda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uçraşuvda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Qirğiziston rahbari matbuot xizmati.
Ma'lumotlarga köra, tomonlar ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligiga aloqador dolzarb masalalarni muhokama etişdi.
Almazbek Atamboyev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning qirğiz-özbek hamkorligini mustahkamlaşga qöşgan katta hissasini ta'kidlab ötdi va Abdulla Aripovning taşrifi “ikki tomonlama munosabatlarni döstlik va yaxşi qöşniçilik an'analari, özaro manfaatli şeriklik asosida yanada rivojlantirişga yangi turtki berişiga” işonç bildirdi.
Abdulla Aripov Qirğiziston rahbariga Şavkat Mirziyoyevdan salom yetkazdi va mamlakat rahbariyati bundan söng ham davlatlar örtasida döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş böyiça işlarni olib borişga tayyor ekanini xabar qildi.













