Xalqaro press klubda informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalar vakillari iştirokida «Özbekistonda mobil aloqa: muammolar va yeçimlar» mavzusida anjuman bölib ötmoqda.
Anjumanda sözga çiqqan Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vaziri v.b. Şerzod Şermatov ayni paytda yurtimizda mobil aloqalar bilan ta'minlanganlik, uni kengroq yoyişda duç kelinayotgan muammolar haqida söz oçdi.
Vazirning sözlariga köra, mobil aloqadan foydalaniş çoğida yurtimizda amalda bölgan elektromagnit nurlaniş 900/1800 Megagersni taşkil etadi va bu xalqaro belgilangan me'yorlarga töliq mos.
Ayni paytda Özbekistonda 1 kv.sm maydonga 2,5 mikroVattgaça nurlanişga ruxsat berilgani aytib ötildi. Aynan şu körsatkiç MDH davlatlarida 4 barobar, Yevropa va AQŞda 40 barobar, masalan, Isroilda 160 baravar yuqori.
Mobil apparatdan antenna qança yiroq bölsa, apparat şunçalik köp quvvat sarflaydi va aloqa sifati pasayadi. Şu sababli bazaviy stansiya — antennadan taralayotgan radiomagnit nurlanişdan köra, mobil qurilmadan taralayotgan nurlanişning zarari insonga köproq böladi.
Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vaziri v.b. 3ta asosiy masalaga e'tibor qaratdi.
1. Mahalliy hokimliklar tomonidan bazaviy stansiyalarga yer ajratiş işlarida yordam berilişi. Çunki har bir stansiyaga yer ajratiş va uni işga tuşirişga 2-3 oy vaqt ketmoqda.
2. Aholi örtasida baza stansiyalarini örnatiş işlariga qarşilik qilmaslik.
3. Aholi va yuridik şaxslarning örnatilgan baza stansiyalarini olib taşlaşni asossiz olib taşlaşni talab etmasligi.
Vazir mahalla fuqarolar yiğinlariga murojaat qilib, birinçi navbatda ulardan yordam söradi. «Çunki biror köpqavatli uyning ustiga antenna örnatişimiz hamono aholi yoza boşlaydi. Uyimizning tepasiga antenna örnatildi, radiatsiyadan nurlanamiz va hokazo, deb. Lekin bu notöğri. Bizda nurlaniş normasi jahondagi eng pastlardan biri hisoblanadi. Bu borada mutaxassislarimiz bor, sanitariya nomlarini qattiq nazorat qilamiz. Har bir antenna örnatilişidan avval juda katta tekşiruvlardan ötadi», dedi vazir v.b.
«Hozirda operatorlar 50dan ortiq baza stansiyalarini köçirişga talabnomalarni olişgan. Sabablar esa «antenna notöğri turibdi, xunuk turibdi», degan vajlar bilan antennani köçirişni talab qilib şikoyat yozişadi. Baza stansiyalarining işi biri biriga çambarças boğliq, uning köçirilişi yaqin atrofdagi 5-6ta antennaga va ular qamrab olgan hududdagi aloqa sifatiga ta'sir qiladi», dedi Şerzod Şermatov.
Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining örinbosari, Respublika sanitariya epidimologiya xizmati boş şifokori Sayidmurod Sayidaliyev SSV tomonidan respublikada örnatilgan 18 mingga yaqin antennaning har biri örnatilişdan oldin SEX tomonidan puxta örganilib, ruxsat berilganini qayd etib ötdi.












