Yanvar oyi oxirida 3 ta idora (nomlari oçiqlanmayapti) kiberhujumga uçraşi natijasida, özbekistonliklarning 60 mingga yaqin datasi öğirlangan. Bu haqda aytgan vazir Şerzod Şermatov “15 mln kişining ma’lumoti darknetda sotilayotgani” haqidagi miş-mişlarni rad etdi. “15 mln unikal odamning internetda sotuvda turgan ma’lumoti yöq. Agar bölsa, topinglar, olinglar, köringlar. Unaqa ma’lumot yöq”, dedi u.

2 fevral kuni Özbekistondagi davlat idoralariga hakerlik hujumlari bölgani haqida Reddit'da xabar qoldirilgan, xabarda buzib kiriş natijasida hakerlar qariyb 15 million şaxsning ma’lumotini qölga kiritgani iddao qilingan edi.

12 fevral kuni raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov matbuot anjumani ötkazib, şu masalada izoh berdi.

Uning aytişiça, 27–30 yanvar kunlari Özbekiston hukumatining uçta idorasi kiberhujumga uçragan. Bunda 15 millionta emas, 60 mingga yaqin şaxsiy ma’lumotlar öğirlangan.

Bular – fuqarolarning ism-şarifi, tuğilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi ma’lumotlar yoki rasmidan iborat. Hozirda vakolatli organlar tomonidan örganişlar davom etyapti.

“15 mln nafar unikal odamning internetda sotuvda turgan ma’lumoti yöq”

Şerzod Şermatovga köra, 2025 yilda Özbekistonda 107 mlndan ortiq kiberhujumlar qayd etilgan. Bu yil raqamlar 2 barobarga oşiş ehtimoli bor. Bu – onlayn tizim, veb-saytlar köpayayotgani bilan boğliq.

“Mana, ötgan yili Özbekistonning resurslariga 100 mlndan oşiq hujum bölgan bölsa, keyingi yil 200 mlndan ham oşişi heç gap bölmay qoladi. Çunki uning yoniga sun’iy intellekt orqali ham qöşimça yangi-yangi hujum turlari kirib kelyapti. Ya’ni borgan sari bu böyiça talabni kuçaytirib borişimiz kerak.

Bu holat böyiça internetda 15 mln nafar odamning şaxsiy ma’lumoti sotuvda turibdi, degan gap çiqdi. Darknetda, masalan. 15 mln nafar unikal odamning internetda sotuvda turgan ma’lumoti yöq. Agar bölsa, topinglar, olinglar, köringlar. Çunki 15 mln degan katta raqam-da, u har bir odamga ta’sir qiladi. Bir tomondan, şu masalaga e’tibor qaratiş uçun juda yaxşi körinişda işlatiladigan raqam. Lekin 15 mln nafar fuqaro, agar bundoq bolalarni hisoblamasa, deyarli pasport olgan aholimizning yarmidan köpining ma’lumoti internetda turibdi degan savol çiqadi-da. Unaqa ma’lumot yöq. U sotilayotgani yöq”