Boks böyiça beş vazn toifasidagi sobiq çempion kiçik Floyd Meyvezerning xabar berişiça, UFC’ning yengil vazndagi çempioni Konor Makgregor boks jangi vaqtida oyoği bilan zarba beradigan bölsa, öz gonorarining juda katta qismidan mahrum böladi.

«Jarima böladi, juda katta jarima. U öz gonorarining taxminan 90 foizini yöqotişni xohlaydi, deb öylamayman. Bu summa qança ekanini aniq bilmayman, lekin jarima juda katta», - dedi kiçik Meyvezer Jimmy Kimmel Live teleşousi efirida.

Boksçining ta'kidlaşiça, özi ham şunday zarbalar beriş niyatida emas.

Şu bilan birga, kiçik Meyvezerning qayd etişiça, Makregor qadning rostlangan holatida juda ham kuçlidir.

UFC prezidenti Dana Uayt iyun oyida Makgregor Meyvezerga oyoği yoki tirsagi bilan zarba beradigan bölsa, sud oldida javob berişi haqida aytib ötgandi.

Avvalroq Uzreport Meyvezer-MakGregor jangini jonli efirda namoyiş etişi xabar berilgandi.