Boks olami yaqindagina imkonsiz bölib tuyulgan voqeaga tayyorgarlik körmoqda. Ring afsonalari Mayk Tayson va Floyd Meyvezer körgazmali jang ötkazişga kelişib oldi - taşkilotçisi CSI Spors kompaniyasi. Jang 2026 yilning bahorida bölib ötişi rejalaştirilgan.
59 yoşli Tayson bölayotgan voqealarga özi ham töliq işonmasligini tan oldi:
«Bu jang boks olami heç qaçon kutmagan jang böldi. Buni hatto tasavvur ham qilib bölmasdi. Ammo bugun sportimiz oldindan aytib bölmaydigan davrga qadam qöymoqda va bu uçraşuv hammasidan ham kutilmagani böladi».
48 yoşli Meyvezer, öz navbatida, muxlislar uzoq vaqtdan beri orzu qilgan narsalariga ega bölişini aytdi:
«Boksdagi 30 yil davomida heç kim menga doğ tuşira olmadi. Bilasizmi, agar men ringga çiqsam, bu har doim kölam va afsona böladi. Men boks biznesining eng yaxşisiman».
Independent xabariga köra, taşkilotçilar ulkan reklama kampaniyasini va’da qilmoqda va rekord darajadagi tomoşalarni başorat qilmoqda - bu Taysonning 2024 yilda Netflix’da 108 million tomoşabin yiğgan bloger Jyeyk Pol bilan jangidan ham yuqori.
Bundan taşqari, promouterlar «oçkolarni hisoblaş tizimini va boksni idrok etişni abadiy özgartiradigan» yangi texnologiyalardan foydalanişni e’lon qildi. Tafsilotlar hozirça sir saqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, Mayk Tayson oğir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon çempioni hisoblanadi. Uning hisobida 59 ta jang bölib, şundan 50 tasida ğalaba qozongan. Sönggi jang Jyek Polga mağlubiyat bilan yakunlangan, biroq «Temir Mayk» 20 mln dollar işlab olgan.
Floyd Meyvezer yarim örta vaznda jahon çempioni hisoblanadi. Sönggi körgazmali jangini 2024 yil avgustida Jon Gotti bilan ötkazgan.












