Afsonaviy filippinlik boksçi Menni Pakyao va yana bir boks yulduzi, amerikalik Floyd Meyvezer 2026 yilda revanş jangini ötkazadi.
Ring Magazine portali jurnalisti Mayk Koppingerning ma’lum qilişiça, boksning ikki afsonasi - Pakyao va Meyvezer 10 yildan keyin yana ringga kötariladi. Ularning jangi Netflix’ning 2026 yildagi asosiy boks janglaridan biri sifatida körilmoqda.
«Asr jangi» deb nomlangan Menni Pakyao va kenja Floyd Meyvezer örtasidagi jang 2015 yil 2 may kuni Las-Vegasda (Nevada, AQŞ) bölib ötdi.
Yarim örta vazn toifasida WBC, WBA, WBO va The Ring kamarlari uçun ötkazilgan uşbu bahs yulduzlar anşlagini töpladi va 400 million dollarga yaqin mablağ yiğib, boks tarixidagi eng kassabop jangga aylandi.
Jang 12 raund davomida nokdaunlarsiz ötdi. Hakamlar ğalabani bir ovozdan Meyvezerga berib, uning mağlubiyatsiz rekordini ta’minlaşdi. Pakyao keyinçalik yelkasidagi jarohatdan şikoyat qildi, bu esa unga eng yaxşi formada bölişga imkon bermadi, ammo mutaxassislar Meyvezerning taktika va masofani nazorat qilişdagi mahoratini qayd etdi.
Uşbu jangdan söng, Menni Pakyao yana 8 ta jang ötkazib, beştasida ğalaba qozondi, ikkitasida mağlub böldi va yarim örta vazn toifasida WBC çempionlik kamari uçun sönggi jangini meksikalik boksçi Mario Barriosga qarşi ötkazdi.
Floyd Meyvezerga kelsak, u Pakyaoga qarşi jangdan söng yana bir professional jang ötkazdi va unda amerikalik Andre Bertoni mağlub etdi, şundan söng professional faoliyatini yakunladi.
Biroq, keyinçalik, 2017 yilda u qaytib keldi va UFC yulduzi - Konor Makgregorga qarşi körgazmali jang ötkazdi va uni 10 raundda texnik nokaut bilan mağlub etdi. Şu tariqa, u mağlubiyatsiz rekordini 50 ta jangga yetkazdi.












