Bugun, 18 avgust kuni Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Özbekistondagi koordinatori bilan hamkorlikda «Inson huquqlari böyiça vakil (Ombudsman) faoliyatining taşkiliy huquqiy asoslarini takomillaştirişning dolzarb masalalari» mavzusidagi ekspertlarning davra suhbati bölib ötdi.

Unda «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi muhokama etildi. Anjumanda akademik Sayyora Raşidova, doktor Yozef Sigele, Yevropa Ombudsman instituti Boş kotibi, elçi Jon Makgregor, advokat Haynz Byuller hamda Konrad Adenauer nomidagi fond mutaxassislarining taklif va fikrlari inobatga olinib, yangi qöşimçalar kiritiş muhokama etildi. 

Xususan, şu paytgaça Inson huquqlari vakili aholidan şikoyatlarni qabul qilib, şu bilan birga amalda ariza va takliflarni ham körib çiqqan. Endilikda yangi qöşimçalar orqali uşbu funksional vakolatlar qonun hujjatida öz aksini topadi.

Şuningdek, vakil şaxsiy va sayyor qabullarni ötkazişi, viloyatlar böylab vaqtli turnelarda bölişi qonun bandlari bilan e'tirof etilmoqda. Bundan oldin, xalqaro tajriba mavjud bölgan biznes-ombudsman lavozimi taşkil etilayotgani, uning faoliyatiga doir qonun loyihasi qonunçilik palatasi tomonidan muhokama etilayotgani haqida xabar berilgan edi.