Rezolyutsiyani Yevropa Ittifoqi nomidan Irlandiya taqdim etgan. Mamlakatning Jenevadagi BMT tuzilmalari huzuridagi doimiy vakili Lourens Simms Rossiyada inson huquqlari buzilişi uçun javobgarlik taʼminlanmayotganini taʼkidlagan.
Uning bayonotiga köra, hokimiyat tanqidçilarining sudsiz qatl etilişi, siyosiy fikrlar xilma-xilligiga putur yetkazilişi, fuqarolik jamiyati, mustaqil OAV, jurnalistlar, tub xalqlarga nisbatan tizimli tazyiqlar jazosiz qolmoqda.
Maxsus maʼruzaçi vakolatini uzaytirişni qöllab-quvvatlaganlar orasida Buyuk Britaniya, Çili, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Janubiy Koreya bor.
Burundi, Xitoy, Kuba, Efiopiya va Vetnam qarorga qarşi ovoz bergan. Pekin kengaşning boşqa aʼzolarini ham rezolyutsiyani rad etişga çaqirgan.
Braziliya, Hindiston, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi betaraf qolgan davlatlar qatoridan joy olgan. AFP agentligiga köra, Rossiya muhokama davomida sözga çiqmagan.
BMT Inson huquqlari kengaşi Rossiya böyiça maxsus maʼruzaçi lavozimini taʼsis etiş haqidagi qarorni 2022-yil oktabrda qabul qilgan. Bunga Ukrainadagi uruş fonida Rossiyada tazyiqlar kuçayayotgani haqidagi xavotirlar sabab bölgan.
Uşbu vazifaga bolgariyalik inson huquqlari eksperti Mariana Katsarova tayinlangan. U BMT Xavfsizlik kengaşining beş doimiy aʼzosidan birida inson huquqlari holatini kuzatiş vakolati berilgan ilk maxsus maʼruzaçi bölgan.

















