Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 2026-yil 22-sentabrdagi qarori bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinçi qismining ayrim qoidalarini Konstitutsiyaning 27-moddasi uçinçi qismiga muvofiq emas deb topdi.

Iş Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) murojaati asosida körilgan. Murojaatda 2025–2026-yillarda fuqarolardan şaxsni 48 soatdan ortiq maʼmuriy tartibda uşlab turiş böyiça 6 ta şikoyat kelib tuşgani qayd etilgan.

Konstitutsiyadagi kafolat

Konstitutsiyaning 27-moddasi uçinçi qismida quyidagilar belgilangan:

«Hibsga olişga, qamoqqa olişga va qamoqda saqlaşga faqat sudning qaroriga köra yöl qöyiladi. Şaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat uşlab turilişi mumkin emas»

Şu moddaning birinçi va ikkinçi qismlariga köra, har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga ega; heç kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi, qamoqda saqlanişi yoki uning ozodligi boşqaça tarzda çeklanişi mumkin emas.

Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, Konstitutsiya oliy yuridik kuçga ega va töğridan-töğri amal qiladi.

Kodeksdagi nizoli norma

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 288-moddasi ikkinçi qismiga köra, çegara tartibini yoki davlat çegarasi orqali ötiş punktidagi tartibni buzgan şaxs bayonnoma tuziş uçun qisqa muddatga uşlab turilişi mumkin edi. Şu bilan birga, huquqbuzarning şaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlaş uçun zarur bölgan hollarda şaxs uşlangan paytdan boşlab 24 soat içida prokurorga yozma ravişda maʼlum qilinib, 3 sutkagaça, şaxsni tasdiqlovçi hujjati bölmasa esa prokuror sanksiyasi bilan 10 sutkagaça uşlab turilişi mumkinligi nazarda tutilgan edi.

Sudning xulosasi

Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni qayd etdi:

  • kodeksdagi 3 va 10 sutkalik muddatlar Konstitutsiyadagi 48 soatlik çegaradan ortiq;

  • 48 soatdan ortiq uşlab turiş zarurati tuğilganda sud qarorini oliş mexanizmi nazarda tutilmagan;