Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida 17 avgust kuni Qozoğiston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzoqov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özbekistonda Qozoğiston bilan özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda hamda döstona munosabatlar yuksak qadrlanadi. Davlatlar örtasidagi hamkorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanişini ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan Qozoğiston örtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta'lim yönalişlaridagi hamkorlikning bugungi holati xususida söz yuritildi. Tomonlar mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat yuzasidan ham özaro fikr almaşdi.
Tadbirda ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari örtasidagi hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Mazkur hujjatga muvofiq kelgusida mudofaa sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantiriş közda tutilgan.











