Politsiya Barselonadagi teraktga aloqador bölgan barça jangarilarni yöq qildi. El Pais naşrining ma'lum qilişiça, Mussa Ukabir, Said A'lla va Muhammad Xiçami Kambrils şahrida öldirilganlar. Barselonada qölga oliş vaqtida öldirilgan törtinçi terrorçi, Jiron viloyatida yaşagan Yunus Abuyoqub bölgan.
Barselonadagi teraktdan keyin jinoyatçilar Audi maşinasida ketib, Kambrils şahrida töxtaşdan boş tortganlaridan keyin politsiyaçilar tomondan otib taşlangandi.
Barça jangarilar 17 yoşdan 24 yoşgaça bölgan marokaşliklardir.
Ma'lumotlarga köra, teraktning bevosita ijroçisi sifatida Mussa Ukabir aytilmoqda. Politsiya fikriça, odamlar ustiga bostirib borgan yuk maşinasini u boşqargan.
Mussa Ukabir avvalroq teraktga aloqadorlikda gumon qilingan Driss Ukabirning ukasi bölib, u akasining pasportini öğirlab ketgan. Mussa akasining pasporti bilan Santa-Perpetua-de-Mogoda munitsipalitetida ikkita furgonni ijaraga olgan. U bir furgonni terakt uçun qöllagan, ikkinçisi esa Barselona yaqinida topilgan. Taxmin qilinişiça, jinoyatçi unda yaşirinmoqçi bölgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Barselonada amalga oşirilgan terakt oqibatida 15 kişi halok bölgan, 130 dan köproq odam jarohat olgan.












