Özbekiston Oliy sudi şu yilning 16-17 avgust kunlari ayrim internet naşrlarida paydo bölgan xabarlarni asossiz ekani haqida bayonot berib, ularga raddiya berdi. Uning matni Oliy sud saytida joylaştirilgan.
“2017 yil 16-17 avgust kunlari ayrim internet-saytlarda joriy yil 15 avgust kuni Oliy sud binosiga «hujum» qilingani haqida xabarlar paydo böldi. Naşrlarning yozişiça, Oliy sud raisi K.Kamilov fuqarolarni qabul qilişda şunday voqea sodir bölgan.
Qator naşrlarning mualliflari haqiqiy vaziyatni notöğri talqin qilib, öquvçilarini «ğazablangan fuqarolarning baqir-çaqirlari», «mustahkam yopilgan darvozalarni köçirişgani», «qasrni vayron qilişgani», «300-400 kişi» va şu kabilardan xabardor etgan. Afsuski, internet tarmoğiga berilgan ayrim xabarlarni tekşirmasdan, uşbu veb-saytlar xulosa qilişga şoşilişgan va şu bilan voqelikni börttirib körsatişgan.
Qayd etiş joiz, 2017 yil 15 avgustda Oliy sud raisi K.Kamilov fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy işlar böyiça 100 dan ortiq fuqaro qabul qilingan.
Bundan taşqari, şu kuni 27 nafar fuqaroning ariza va murojaatlari qabul qilingan, şuningdek, turli savollar bilan oğzaki murojaat qilgan 72 kişi qabul qilingan.
Oliy sud darvozasi yonida kutib turgan bir neça fuqaro qabul çoğida postda turgan militsiya xodimi va sud xizmatçilari diqqatini çalğitib, özlari darvoza zulfagini oçib, qabulga navbatsiz kiriş maqsadida sud binosiga kirişgan.
Ular bino foyesiga kirgaç, qabul tartibidan xabardor qilingan, fuqarolarning bir qismi roziliklari bilan Oliy sud raisi örinbosari va sudyalari tomonidan qabul qilindi. Qolgan kişilarni bevosita Rais qabul qildi.
16 avgust ertalab 9:30 dan 17:30 gaça Oliy sud raisi yana 60 dan ortiq kişini qabul qildi.
Şunga alohida e'tibor qaratamizki, Oliy sud raisi va rais örinbosarlarining fuqarolarni qabul qilişi har kuni ötkaziladi”, - deyiladi raddiyada.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi
Matbuot xizmati












