Bangladeş maxsus tribunali mamlakat boş vaziri Şayx Hasanga 2000 yilda suiqasd qilingani uçun 10 kişini ölim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar qilgan.

Agentlik ma'lumotiga köra, yana 9 nafar şaxs turli qamoq jazolariga mahkum etildi. Xabar qilinişiça, 2000 yilda jinoyatçilar 75 kilogramm keluvçi bombani örnatib, boş vazir mitinglardan birida nutq sözlayotgan vaqtda uning hayotiga suiqasd uyuştirişni rejalaştirişgan. Biroq, portlovçi qurilma politsiya tomonidan marosimdan avval topilgan.

Şayx Hasin Vazid Bangladeş boş vaziri lavozimini 1996-2001 yillar davomida egallagan. 2009 yilda u bu lavozimga qayta saylandi va ayni damda ham boş vazir bölib işlamoqda.