«Biz prezidentdan, Kongressdagi vakillarimizdan va vatandoşlarimizdan hokimiyatning uşbu vahşiyona suiisteʼmol qilinişining oldini oliş çoralarini körişni söraymiz», - deyiladi maktubda.
Maktub mualliflari ölim jazosining öziga qarşi emasliklarini, biroq uning translyatsiyasi «bekorçi kuzatuvçilarning qiziqişini qondiriş uçun tomoşaga aylanib ketişini» taʼkidlamoqda. Ularning fikriça, ölim jazosi «tantanavor va jiddiy jazo» bölişi kerak. Generallarning bayonot berişiça, bunday translyatsiya «inson qadr-qimmatini kamsitadi va qurolli kuçlar şaʼniga doğ tuşiradi».
«Mamlakatimiz duşmanlari kelajakda nafrat qözğatiş hamda amerikalik askarlar va fuqarolarga zarar yetkaziş uçun bundan foydalanadi. Bundan taşqari, bu Hasanni öz safdoşlarini öldirgani uçun jafokaşga aylantirib qöyadi», - deb hisoblaydi maktub mualliflari.
2009-yil noyabr oyida Nidal Hasan Fort-Xud bazasida xizmatdoşlariga qarata öt oçgandi - bu holat harbiylar körikni kutib turgan tibbiyot markazida sodir bölgan. Oqibatda 13 kişi halok bölgan, 30 dan ortiq odam yaralangan. 2013-yilda harbiy tribunal uni ölim jazosiga hukm qildi. Sud jarayoni davomida u advokatlardan voz keçib, öz xatti-harakatlarini şu yöl bilan Afğonistondagi musulmonlar va toliblarni himoya qilişga uringani bilan izohladi.
Pentagondagilarning maʼlum qilişiça, qatl 2026-yil 3-dekabrda bölib ötadi va jonli efirda namoyiş etiladi. AQŞ hududidagi sönggi ommaviy qatl 1936-yilda Kentukki ştatida amalga oşirilgan.
Qatl translyatsiyasini ötkazişga Donald Tramp ruxsat berdi. AQŞ prezidenti, şuningdek, qatl usuli sifatida otib öldirişni qöllab-quvvatlagan - bu Mudofaa vazirligi rahbari Pit Hegset tomonidan taklif qilingandi. Şu bilan birga, CBS News manbalarining aytişiça, endi Tramp maʼmuriyatining baʼzi vakillari qatlni translyatsiya qilişdan voz keçişga moyil bölmoqda. Telekanal maʼlumotlariga köra, Tramp qatl translyatsiyasini oşkora qöllab-quvvatlagan bölsa-da, hali yakuniy qarorga kelmagan.












