AQŞ öz sobiq harbiysini jonli efirda otmoqçi. U kim va qanday jinoyat qilgandi?
|19:16 / 09.10.202630 1089 min
Bir paytlar askarlarni davolagan armiya psixiatri Nidal Hasan 2009-yilda ularga qarata öq uzib, 13 kişini öldirgandi. Oradan 17 yil ötib, Pentagon Hasanni öşa bazada va öşa soatda otib öldirişni, buni esa butun dunyoga körsatişni rejalaştirmoqda.
AQŞ harbiylari 65 yildan ortiq tanaffusdan söng birinçi marta qatl ijro etişga tayyorlanmoqda. Bu safar jarayonni istalgan odam jonli efirda kuzatişi mumkin. 5-oktabr kuni Pentagon matbuot kotibi Şon Parnell muhim xabarni eʼlon qildi: AQŞ prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri Pit Hegsetning tavsiyasiga binoan sobiq armiya psixiatri Nidal Hasanni askarlar guruhi tomonidan otib öldirişni maʼqullagan.
Tramp hukmni 2-oktabr kuni tasdiqlagan. Agar reja amalga oşsa, bu 1945-yildan beri harbiylar otib öldiriş yöli bilan ijro etgan birinçi ölim jazosi ham böladi. 8-oktabrda esa Pentagon yana bir kutilmagan qarorni maʼlum qildi. “Qatl jonli efirda körsatiladi. Tafsilotlar keyinroq beriladi”, dedi nomi oşkor etilmagan amaldor Reuters’ga bergan izohida.
Fort-Huddagi 10 daqiqa
Nidal Malik Hasan 1970-yilda Virjiniya ştatining Arlington şahrida falastinlik muhojirlar oilasida tuğilgan. Harbiy tibbiyot universitetini tamomlagaç, Vaşingtondagi Uolter Rid harbiy gospitalida psixiatriya böyiça ixtisoslaşgan. 2009-yil mayida mayor unvonini olgan Hasan iyulda Texasdagi Fort-Hud bazasiga ötkazildi. Hujumdan bir neça hafta ötib u Afğonistonga jönatilişi kerak edi.
Al Jazeera yozişiça, Hasan hamkasblari oldida Iroq va Afğonistondagi uruşlarga, armiyada musulmonlarga bölgan munosabatga qayta-qayta eʼtiroz bildirgan. Sud hujjatlariga köra, hamkasblaridan biri uning “Meni jönatamiz deb öylaşsa, ular qattiq adaşişadi” deganini eslagan.
Mayor Nidal Hasan xizmat davrida / Foto: CNN
2009-yil 5-noyabr kuni tuşdan keyin Hasan Fort-Huddagi tibbiy binoga kirdi. U tibbiy ruxsat oliş uçun uzun navbatda turgan askarlarga qarata lazer nişonli töpponçadan öt oçdi, avtoturargoh tomon qoçayotganlarni ham orqasidan otdi. Taxminan 10 daqiqa davom etgan hujumda 12 nafar harbiy va bir tinç fuqaro öldirildi. Yana 32 kişi yaralandi.
Mavzuga oid
2009-yil 5-noyabrda Fort-Hudda öldirilgan 13 kişi / Foto: KWTX
Hujumni bazaning politsiya xodimlari töxtatdi. Ular uzgan öqlardan yaralangan Hasan beldan pasti falaj bölib qoldi va hozir nogironlik aravaçasidan foydalanadi. New York Times naşri bu voqeani AQŞ harbiy bazasida sodir etilgan eng qonli otişma, deb ataydi.
Özini himoya qilmagan ayblanuvçi
Hasan ustidan sud hujumdan deyarli tört yil ötib boşlandi. Al Jazeera yozişiça, ayblanuvçi özini özi himoya qilişni tanlagan, biroq deyarli himoyalanmagan. U 13 ta holatda qasddan odam öldiriş va 32 ta holatda qasddan odam öldirişga suiqasd qilişda ayblangan. Prokurorlar esa iş boşidanoq unga ölim jazosini talab qilişdi.
2013-yil 6-avgust kuni Fort-Hudda boşlangan harbiy sud jarayoniga polkovnik Tara Osborn raislik qildi, hukmni esa 13 nafar zobitdan iborat hayʼat çiqarişi kerak edi. Advokatlaridan voz keçgan Hasan kiriş nutqini “Dalillar otgan men ekanimni aniq körsatadi” degan sözlar bilan boşladi. U Amerika uruşida “notöğri tomonda” bölganini, keyin esa “tomonini almaştirgani”ni aytib, “bu işda yöl qöygan har qanday xatolarim uçun uzr sörayman”, dedi.
Mayor Nidal Hasanning 2012-yilda eʼlon qilingan surati / Foto: Bell okrugi şerifligi (Texas)
Ayblov tomoni 90 ga yaqin guvohni çaqirdi, Hasan esa birorta ham guvoh çaqirmadi va yakuniy nutq sözlamadi. Şu sababli unga biriktirilgan zaxira advokatlar uning yagona maqsadi ölim jazosini oliş ekaniga amin bölişdi.
28-avgustda hayʼat uni barça moddalar böyiça aybdor deb topdi va bir ovozdan ölim jazosi tayinlandi. Hasan armiyadan haydaldi, şuningdek, barça maoş va imtiyozlaridan mahrum etildi.
Nega 13 yil kutildi?
Hukmdan rejadagi qatl sanasigaça 13 yil ötgani AQŞ harbiy adliyasida ölim jazosi ataylab sekin va köp bosqiçli qilib qurilgani bilan izohlanadi. Qonunga köra, ölim hukmi çiqarilgan işda mahkum apellyatsiyadan voz keça olmaydi. Şu bois Qurolli kuçlar apellyatsiya sudiga körilib, hukm öz kuçida qoldirildi. 2025-yilda AQŞ Oliy sudi esa işni körib çiqişdan boş tortgan.
Harbiy adliya yagona kodeksiga köra, ölim jazosi “prezident tomonidan tasdiqlanmagunça ijro etilişi mumkin emas”. Şundan söng hal qiluvçi bosqiç qoldi.
2025-yil sentabrida Pentagon armiya vazirining tavsiyasini prezidentga yuborişga tayyorlanayotgani maʼlum böldi. Prezident imzosi esa bir yildan köproq vaqt ötib qöyildi. Bu keçikişning sababi rasman izohlanmagan.
Pentagon / Foto: Reuters
Armiya nizomiga köra, prezident tasdiğidan keyin qatl 60–150 kun içida ötkazilişi kerak. 2026-yil 3-dekabr şu muddatga töğri keladi, biroq kun, soat va joy ataylab tanlangan: 2009-yilgi hujum ham payşanba kuni tuşdan keyin aynan Fort-Hudda sodir bölgan. “Albatta, buni Fort-Hudda qilamiz. Payşanba kuni, soat birda, u buni qilgan vaqtda. Qatlni miltiqli askarlar ijro etadi”, dedi Hegset.
Jonli efir: qançalik real va qonuniy?
Ayni vaqtda Hasan işining eng köp bahs uyğotgan jihati qatlni jonli efirda körsatiş rejasi bölmoqda, çunki AQŞda qonuniy qatllar qariyb 90 yildan beri omma oldida ötkazilmaydi.
Uruş vaziri Hegset buni ogohlantiriş vositasi deb biladi: “Odamlar buni köra olişi, qatl ommaviy bölişi uçun çoralar köramiz. Çunki odamlar bunday işlar uçun jiddiy oqibatlar borligini tuşunişi kerak”.
Rejaning amaliy tomoni hali noaniq: Pentagon efir qayerda bölişi va boşqa tafsilotlarni aytmagan. Mahalliy OAVga köra, qurbonlarning oilalariga qatlda şaxsan iştirok etiş yoki uni onlayn kuzatiş taklif qilingan.
BBC’ning yozişiça, Meta va TikTok qatllarni jonli efirda körsatişni taqiqlaydi, Trampga tegişli Truth Social tarmoğida esa foydalanuvçilar uçun jonli efir funksiyasi yöq.
Huquqiy jihatdan ham savollar köp. Reuters maʼlumotiga köra, ilgari OAV qatllarni televizorda körsatişga uringan, ammo sudlar bunga yöl qöymagan. Federal fuqarolik qatllari qoidalari esa qatlni har qanday foto, video yoki audio yozib olişni taqiqlaydi. Harbiy qatllar armiyaning alohida nizomi bilan tartibga solinadi.
Qaror AQŞ siyosiy va huquqiy doiralarini ham ikkiga böldi. Har ikki tomon ham Hasan oğir jazoga loyiq ekaniga deyarli şubha qilmaydi, ammo qatlning şakli keskin tanqidga uçradi.
Ayrim respublikaçilar bu masalada Tramp va Hegsetni olqişlagan. Hujumda öldirilgan askarlardan birining yaqini esa bu qatldan “xotirjamlik topmasligini” aytgan.
Tanqidning asosiy qismi jonli efirga qaratilgan. Vakillar palatasidagi demokrat Adam Smit bu ğoya “huquqiy tizimni masxara qilişini” aytdi. Ölim jazosini qöllab-quvvatlaşini aytgan, Trampning birinçi muddatida Oq uyda işlagan Alissa Griffin ham qatlni jonli efirda körsatiş “jamiyat uçun zaharli” ekanini yozdi.
Ölim jazosiga hukm qilinganlarni himoya qiluvçi advokat Jon Mills rejani “zamonaviy davrda misli körilmagan” va “noaniq huquqiy maydonda” turgan deb baholadi. The New York Times eslatişiça, ommaviy qatllar bugun asosan Eron, Şimoliy Koreya va Afğonistonda ötkaziladi, qatl videolarini tarqatiş esa köproq terrorçi guruhlarga xos deb qaraladi.
AQŞda ölim jazosi tendensiyasi
Hasan işi AQŞda ölim jazosi atrofidagi bahslar yana kuçaygan paytga töğri keldi. Harbiy tizimda esa bu jazo amalda unutilgan edi: AQŞ armiyasi 1916-yildan beri 135 kişini qatl etgan, oxirgi harbiy qatl 1961-yil 13-aprelda bölgan. Öşanda 11 yoşli avstriyalik qizni zörlaş va öldirişga urinişda aybdor deb topilgan oddiy askar Jon Bennett osib öldirilgan edi.
Fort-Hud bazasida örnatilgan memorial / Foto: New York Times
Harbiy ölim jazosi 1983-yilda sud qarori bilan töxtatilib, 1984-yilda yangi qoidalar va asosiy usul sifatida zaharli inyeksiya bilan tiklangan.
Amerika fuqarolik tizimida esa qatllar köpaymoqda. Ölim jazosi böyiça axborot markazi (DPIC) maʼlumotiga köra, AQŞda 2024-yilda 25 kişi, 2025-yilda 47 kişi qatl etilgan. Ötgan yili yangi ölim hukmlari 23 ta bölgan. Amnesty International hisobotiga köra, 2025-yilda 17 davlatda 2700 dan ortiq qatl qayd etilgan. Eng köp qatl şu tartibda Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman va AQŞda kuzatilgan.
Qatl albatta böladimi?
3-dekabr sanasi hali özgarişi mumkin. Hasan federal fuqarolik sudiga “habeas corpus”, yaʼni hibsning qonuniyligini tekşiriş töğrisidagi şikoyat bilan murojaat qilişi mumkin. Agar u bu yölni tanlasa, «Tramp maʼmuriyatidan uzoqroq yaşaydi», çunki bunday işlar yillab davom etadi. Ammo sudda özini himoya qilmagan Hasan bu yölni tanlamasligi ham mumkin.