AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ armiyasining sobiq mayori Nidal Hasanning qatl etilişi translyatsiyasini bekor qildi. Otib öldiriş jarayoni jonli efirda namoyiş etilmaydi, biroq hukm öz kuçida qolmoqda - Hasanni 3-dekabr kuni qatl etiş rejalaştirilgan.
«Menimça, qatl translyatsiyasi Amerika Hasan kabi terrorçilar va ablahlarga qanday çora körişini dunyoga körsatadigan kuçli namuna bölişi mumkin edi, biroq köplab juda yaxşi insonlar uning ölimini tomoşa qilmaslikni afzal köradi», - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Prezidentning qöşimça qilişiça, qurbonlarning yaqinlari xohişiga köra qatl jarayonida şaxsan iştirok etişi mumkin böladi. «Ular adolat qaror topişiga guvoh bölişga haqli!» - deb taʼkidladi u.
2009-yil noyabr oyida Nidal Hasan Fort-Xud bazasidagi tibbiyot markazida xizmatdoşlariga qarata öq uzdi. Oqibatda 13 kişi halok böldi, yana 30 nafardan ortiq odam yaralandi. U advokatlar xizmatidan voz keçib, öz xatti-harakatlarini Afğonistondagi musulmonlar va toliblarni himoya qiliş istagi bilan izohladi. 2013-yilda harbiy tribunal uni ölim jazosiga hukm qildi.
Isteʼfodagi 72 nafar amerikalik general, admiral va boşqa yuqori martabali harbiylar ommaviy qatlni bekor qilişga çaqirdi. Ular öz oçiq xatida qatlning ommaviy namoyiş etilişi «inson qadr-qimmatini yerga urişi va qurolli kuçlar şaʼniga doğ tuşirişi», şuningdek, Hasanni jafokaşga aylantirib qöyişi mumkinligini taʼkidlagan.












