Ispaniya çempionati birinçi turidan örin olgan ikki uçraşuv bölib ötdi. E'tiborli uçraşuvlardan biri Kataloniyada «Jirona» va «Atletiko» örtasidagi uçraşuvda kuzatildi.
Uçraşuvning birinçi bölimida Stuani tomonidan kiritilgan ikki gol mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi. Ikkinçi bölimda simulyatsiya işlatgan deb topilgan «Atletiko» yetakçisi Antuan Grizmann qizil kartoçka olib maydonni tark etgandi. Ammo bu qaytanga «Atletiko» foydasiga işladi. 78 va 85-daqiqalarda raqib darvozasini işğol qilgan Simeone şogirdlari oxir-oqibat mağlubiyatdan qutulib qolişning uddasidan çiqdi.
Turning yana bir uçraşuvida «Selta» öz uyida «Real Sosedad»ni qabul qilib, sönggi daqiqalarda ötkazib yuborilgan gollar evaziga imkoniyatni boy berib qöydi.
Ispaniya La-ligasi, 1-tur
Jirona – Atletiko 2:2 (2:0)
Gollar: Stuani (22, 25) – Korrea (78), Himenes (85).
Jirona: Iraysos, Alkala, Munesa, Aday (Planas, 71), Espinosa, Portu (Kayode, 84), Garsiya, Granel, Pons, Maffeo, Stuani.
Atletiko: Oblak, Himenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran (Korrea, 58), Saviç, Koke, Saul, Gabi (Gaytan, 69), Ferreyra Karrasko, Torres (Vetto, 73), Grizmann.
Ogohlantirişlar: Ferreyra Karrasko (28), Stuani (45), Saul (50), Lyuka Ernandes (61), Grizmann (67).
Çetlatiş: Grizmann (67).
Selta – Real Sosedad 2:3 (1:1)
Gollar: Gomes (22, 50) – Oyarsabal (33), Xuanmi (80), Villian Joze (88, penalti).
Selta: Alvares, Malo, Kabral, Fontas, Kastro, Vass, Radoya, Xosabed (Lobotka, 76), Aspas, Gomes (Ernandes, 67), Sisto (Yulsager, 86).
Real Sosedad: Ruli, Odriosola, Elustondo, Navas, Rodriges, Priyeto (Agirreçe, 82), Ilyarramendi, Surutusa, Kanales (Vela, 57), Villian Joze, Oyarsabal (Xuanmi, 67).
Ogohlantirişlar: Gomes (49), Kastro (80), Malo (86), Ilyarramendi (90).












