Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017 yil 15 avgustda imzolangan yangi qarorga köra, joriy yil 1 sentabrdan boşlab sariyoğ, soya va kungaboqar yoği, uruğlik mahsulotlar (kartoşka, buğdoy, makkajöxori, javdari, meslin, arpa, suli, greçka, soya fasulyalari va boşq.), krupa, şakarqamiş şakari, kakao, pişloqlar, farmatsevtikada zarur bölgan mahsulot, hayvon va parranda boqiş uçun yem turlariga nisbatan nol stavkada boj tölovi joriy etiladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiriga Taşqi savdo vazirligi axborot xizmati ma'lumot berdi.

Şuningdek, 1 sentabrdan boşlab, Özbekiston Respublikasiga olib kiriladigan göşt va yarim tayyor göşt mahsulotlari, parranda yoği, buğdoy uni va hayvonlarni boqiş uçun yem mahsulotlari belgilangan aksiz soliqdan ozod etilgan.

Qarorda ta'kidlanganidek, quyidagi alohida turdagi mahsulotlarga nisbatan boj tölov stavkasi pasaytirildi:

- göşt mahsulotlari olinuvçi katta şoxdor jonivorlar, parranda yoği, yarim tayyor göşt mahsulotlari, kofe, buğdoy uni, şakarqamiş şakari;

- kungaboqar yoği, kofe va şakar mahsulotlariga belgilangan aksiz soliği.

Mazkur qarorda közda tutilgan asosiy maqsad mahalliy işlab çiqaruvçilarni iste'mol bozorida raqobat qilişga, xaridorlar sadoqatiga erişiş uçun yuqori sifatga harakat qilişga rağbatlantiradi. Şuningdek, firibgarlik yöli bilan narxlarning sun'iy özgarişi, çayqovçilik faoliyati orqali sun'iy tovar aylanmasining hajmiga ta'sir ötkazişning oldi olinadi.