Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölganidan keyin import boji stavkalarini qonun bilan belgilaş amaliyotiga ötişni rejalaştirmoqda. Hozir boj stavkalari prezident farmoni bilan tasdiqlab kelinmoqda.
Prezidentning 27-avgust kuni imzolangan bojxona islohotiga oid farmoniga binoan, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölganidan söng yagona hujjat tamoyili asosida quyidagilar qonun bilan belgilanadi:
tovarlarning TIF TN böyiça kodlari;
TIF TN kodlari yuzasidan JST doirasida kelişilgan maksimal miqdorlar (bound rate);
import bojxona boji stavkalari.
Tegişli qonun loyihasi 2027-yil dekabr oyigaça işlab çiqilişi kerak.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Jahon savdo taşkilotining 2026-yil mart oyidagi sammitida taşkilotga rasman aʼzo bölib kirişni rejalaştirgan edi. Bunday bölib çiqmagaç, bu maqsadga joriy yil yakuniga qadar erişilişi aytilmoqda.








